“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari oʻtkaziladi

Xalq taʼlimi vazirligi tizimida 215 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat koʻrsatib ularda 56 turdagi badiiy, ekologiya, robototexnika va injenerlik, sport, xorijiy tillar kabi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Mamlakatimizda karantin boʻlganligi sababli, mart oyidan bugungi kunga qadar oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha onlayn shaklda toʻgaraklar tashkil etilgan edi.

Ota-onalar va aholiga “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi mavjud toʻgaraklar haqida maʼlumot berish va maktablar toʻliq ishga tushganligini targʻib qilish maqsadida joriy yilning 2-10-noyabr kunlari “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari yoʻlga qoʻyiladi.

0cmtcs15698558637972l.jpg

Unda iqtidorli oʻquvchilarning ijodiy chiqishlari, raqs sanʼati, turli musiqiy chiqishlar, mahorat mashgʻulotlari (master-klass), ijodiy koʻrgazmalar tashkil etiladi.

Bu kabi ishlar oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning turli xil ommaviy madaniyat taʼsiriga tushib qolishini oldini olishga xizmat qiladi.

Ota-onalar farzandlari uchun qiziq boʻlgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari va u yerdagi kelajak kasblariga yoʻnaltirilgan toʻgaraklar haqidagi maʼlumotlarni www.bam.uzedu.uz veb-saytidan ham olishlari mumkin.

 

Share to: