Quyidagilar yuridik boʻlim faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
vazirlikning huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi
va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan)
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
vazirlikning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
vazirlik xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun
va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, vazirlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.