Yashnobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati munosabati

2020-yil 8-yanvar kuniijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanidajoylashgan 166-umumtaʼlim maktabi binosining 1-qavat sinfxonasida oʻt chiqishi holati aks etgan videorolik yuzasidanYashnobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi quyidagilarni maʼlum qiladi: 

Joriy yilning 8-yanvar kuni taxminansoat 11:30 da 166-umumtaʼlim maktabining1-qavatida joylashgan 42-sonli sinfxonasida masʼul xodim kompyuterdan foydalanayotgan paytida uzatma kabelning elektr simlari kuchlanishni koʻtara olmay erib ketgan. Natijada olov chiqib, deraza pardasi yonishiga sabab boʻlgan. 

Maktabning ishchi hodimi birlamchi oʻt oʻchirish vositasi yordamida olovni oʻchirolmagani uchun maktab qorovuli tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga murojaat qilgan. Oz fursatda yongʻinni oʻchirish choralari koʻrilgan. 

Yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilishi va ushbu holat yuzasidanmasʼul xodimganisbatan tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimitomonidan qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortish boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Ushbu oʻquv xonasi katta zarar koʻrmagan boʻlib, hozirgi vaqtda tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Yashnobod tumani xalq 

taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati

Share to: