Vakant

Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi boshlig‘i
- 09:00 - 18:00
- +998 71 241-01-47
- +998 71 241-01-47
Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Vazirlikning xalqaro aloqalarini oʻrnatish, ularni kengaytirish va samarasini oshirish;
Vazirlikning xorijiy mamlakatlar taʼlimni boshqaruv organlari, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik ishlarini muvofiqlashtirish;
Vazirlik nomidan tuziladigan xalqaro kelishuvlar, memorandumlar, dasturlar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Vazir, vazir oʻrinbosarlari va vazirlik xodimlarining xalqaro tadbirlarda ishtirokini taʼminlash;
Xalqaro va diplomatik protokol tartiblariga muvofiq Vazirning (zarur hollarda vazir oʻrinbosarlarining) chet el tashkilotlari, diplomatik vakolatxonalar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkillashtirish;
Xalqaro tadbirlarda Vazirga protokol hamrohlikni amalga oshirish;
Vazirning horijga xizmat safarlarini oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
Vazir oʻrinbosarlarining horijga xizmat safarlarini rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish;
Vazirlikka tashrif buyurayotgan chet el delegatsiyalarini qabul qilish ishlarini muvofiqlashtirish;
Vazirlikning xorijiy mamlakatlar taʼlimni boshqaruv organlari va boshqa tuzilmalari bilan tuzilgan xalqaro dasturlar, shartnomalar, kelishuvlar va boshqa hujjatlarni oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlik apparati va tizim tashkilotlari xodimlarining horijga xizmat safarlari uchun nomzodlarini tanlashda ishtirok etish;
Taʼlim sohasidagi halqaro aloqalardan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro mavqeini mustahkamlash, respublika haqidagi haqqoniy maʼlumotlarni yoyishda foydalanish;
Xalqaro miqyosda chet el davlatlarida boʻladigan tadbirlarda (forum, konferensiya, koʻrgazma, malaka oshirish, qayta tayyorlash va h.k.) ishtirok etish va vazirlikning maʼsul xodimlarining ishtirokini taʼminlashga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib boradigan xalqaro va chet el tashkilotlari, roʻyxatga olingan xorijiy davlat elchixonalari, konsulliklari va vakolatxonlari bilan aloqalarni taʼminlash;
Vazirlikning tegishli tuzilmalari bilan birgalikda xalqaro aloqalar toʻgʻrisida maʼlumotlar va hisobotlar tayyorlash;
Taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni tartibga solish va taʼminlash masalalarini yuzasidan takliflar ishlab chiqish.