Aberkulov Bazarboy Kudaykulovich

Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish sho‘’basi mudiri
- 09:00 - 18:00
- +998 71 241 02 84
- +998 71 241 02 84
Aberkulov Bazarboy Kudaykulovich 1975-yil 26-oktabrda Toshkent viloyatida tavallud topgan. 1997-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan
1997-1997-yy. - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasining Davlat kutubxonasi Hisoblash bo‘limining 1-toifali buxgalteri
1997-2000-yy. - “Markaziy Osiyo halqlari madaniyati Assambleyasi” Halqaro jamoatchilik harakati Bosh qarorgohining bosh buxgalteri
2000-2003-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranti
2003-2005-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti “O‘tish davri iqtisodiyotining umumiy muammolari” bo‘limi kichik ilmiy xodimi
2005-2005-yy. - “Media Olami” mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori
2005-2010-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Halq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish Jamg‘armasi Toshkent shahar filiali bosh buxgalteri
2010-2013-yy. - O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg‘armasi bosh buxgalteri
2013-2015-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg‘armasi buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i
2015-2018-yy. - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg‘armasi buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i
2018-2019-yy. - Xalq ta’limi vazirligi Nazorat-huquqiy xizmatining bosh mutaxassisi (nazoratchi)
2019-y. - h.v. - Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish sho‘’ba mudiri
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi sho‘’basining asosiy vazifa va funksiyalari:
- jamg‘armaning faoliyatini tashkil etish;
- jamg‘armaning operativ boshqaruvini amalga oshirish;
- jamg‘arma nizomiga muvofiq sho‘’baga yuklangan vazifalar ijrosini muvofiqlashtirish;
- jamg‘armaning barcha belgilangan manbalardan mablag‘lar tushishini va yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishini rejalashtirish;
- belgilangan manbalardan tushumlarning to‘liq shakllanishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- jamg‘arma daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish uchun Vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘limlari bilan ishni tashkil etish;
- jamg‘armaning yillik daromad va xarajatlar smetasini tuzish va joriy yilning 1 dekabriga qadar tasdiqlash uchun Jamg‘arma kengashiga kiritish;
- jamg‘armaga kelib tushadigan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni nazorat qilish;
- vazirlik tasarrufidagi muassasalar va hududiy bo‘linmalarning xarajatlar smetalari, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘limlari bilan birgalikda ko‘rib chiqish;
- vazirlik tasarrufidagi Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasa va hududiy bo‘linmalarning xarajatlar smetasida belgilangan reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlarni yig‘ish va tahlil qilish;
- jamg‘arma kengashi kun tartibiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilish va jamg‘arma Kengashi majlisiga kiritish;
- hujjatlar bilan ishlash, turli axborotlar va hisobotlar tayyorlash, belgilangan vazifalar hamda rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash;
- sho‘’ba ish rejasida belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli ijro etish;
- sho‘’bada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan choraklik, yillik hisobotlarni tayyorlash;
- jamg‘arma kengashi so‘roviga asosan mablag‘ oluvchi bilan birgalikda mablag‘ning ishlatilishi bo‘yicha ma’lumot taqdim etish;
- moliyalashtirilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha nazoratni ta’minlash;
- moliyalashtirilgan mablag‘lar maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda qisman yoki to‘liq moliyalashtirishni to‘xtatish taklifini kiritish;
- jamg‘arma kengashi raisi bilan kelishgan holda vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni tijorat banklarning depozitiga joylashtirish;
- jamg‘arma kengashi bayonnomalarini yuritish va shu bayonnomalar qarorlariga asosan xarajatlarni amalga oshirish;
- mablag‘ oluvchilar tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘larning ishlatilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim qilish tartibini ishlab chiqish.