Muxamedov Sherzod Nurmuxamedovich

Strategik rivojlantirish va yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i
- 09:00 - 18:00
- +998 71 241 01 68
- +998 71 241 01 68
Muxamedov Sherzod Nurmuxamedovich 1983-yil 19-aprel kuni tavallud topgan. 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini, 2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.
2001-2006 yy. – Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti talabasi
2006-2010 yy. - Oʻzbekiston milliy universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyi informatika fani oʻqituvchisi
2010-2014 yy. - Oʻzbekiston milliy universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyi informatika fani katta, yetakchi oʻqituvchisi
2014-2016 yy. - Oʻzbekiston milliy universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyi xoʻjalik ishlari boʻyicha direktorining oʻrinbosari
2016-2016 yy. - Oʻrta-maxsus kasb hunar taʼlimi tizimidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti 1-toifali iqtisodchisi
2016-2017 yy. - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Olmazor tumani Kengashi raisi
2017-2019 yy. - Oʻzbekiston yoshlar Ittifoqi Olmazor tumani Kengashi raisi
2017-2019 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tinglovchisi
2019-2020 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Progressiv pedagogik texnologiyalar va taʼlim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish shoʻbasi mudiri
2020-h.v. - Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va taʼlim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasi boshligʻi
Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:
Respublikada Xalq taʼlimi tizimini strategik rejalashtirish;
sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini tahlil qilish, baholash
va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligi rahbariyatiga taklif kiritish;
Xalq taʼlimi sohasini rivojlantirish boʻyicha konsepsiya, strategiya, dastur va rejalar xamda sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;
Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlariga erishish holatini tahlil qilish va Konsepsiyani kelayotgan yilda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xarita”sini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda yuqori turuvchi tashkilotlarga tasdiqlash uchun kiritish;
Xalq taʼlimi vazirligining markaziy apparati va uning hududiy boshqarma va boʻlimlarini shuningdek tasarrufidagi tashkilotlarda:
operatsion va funksional jarayonlarni maqbullashtirish (BPR - Business process reengineering) boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish va takliflar tayyorlash;
faoliyati samaradorligini baholash (KPI - Key Performance Indicators) mezonlarini ishlab chiqish va joriy etish.
Xalq taʼlimi sohasiga tegishli xalqaro reytinglarni doimiy ravishda oʻrgangan holda, Oʻzbekistonning ushbu reytinglardagi oʻrnini oshirish boʻyicha takliflarni kiritish;
Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani kompleks tahlil qilish hamda uni tatbiq etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Xalqaro zamonaviy tajribalarni oʻrganish natijasida Xalq taʼlimi sohasini takomillashtirish va kengaytirish maqsadida yangi xizmatlarni yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Xalq taʼlimi sohasida innovatsion faoliyatning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Progressiv pedagogik texnologiyalar va taʼlim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish;
Xalqaro tashkilotlar tomonidan tuzilgan reyting va indekslarda xalq taʼlimi tizimida amalga oshirilgan ishlar hamda statistik maʼlumotlarni umumlashtirgan holda taqdim etish;
Umumtaʼlim muassasalarida dars jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etilganligini tahlil qilish va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish boʻyicha tashabbuslarni saralash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish borasida yagona tizimni yoʻlga qoʻyish;
Tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari, tizimga kiruvchi hududiy boshqarma va boʻlinmalari hamda tashkilotlar bilan Boshqarmaning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan materiallar tayyorlash hamda Xalq taʼlimi sohasini rivojlantirishga bagʻishlangan xalqaro, mintaqaviy uchrashuvlar, anjumanlar va seminarlarda ishtirok etish.