6 NAFAR OʻQITUVCHI JAHONNING ENG NUFUZLI OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA MAGISTRATURADA TAHSIL OLADI

Joriy yilning sentyabr oyida “El yurt umidi” jamgʻarmasining navbatdagi, 3-tanlovi boʻlib oʻtgan edi. Ushbu tanlov 272 oʻringa moʻljallangan boʻlib, uning final bosqichida 680 nafar daʼvogar jamgʻarma grantini qoʻlga kiritish uchun kurash olib bordi.

halk-talimistranica14.jpg

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq tanlovda qatnashgan 141 nafar nomzod» Jamgʻarma stipendiati» deb eʼtirof etildi hamda jahonning TOP-300 ta qatoriga kiruvchi yetakchi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish imkonini qoʻlga kiritdi.

Tanlov natijalariga koʻra, 19 nafar maktab bitiruvchisi bakalavriat va 6 nafar oʻqituvchi magistratura taʼlim dasturlari asosida tahsil oladi.

halk-talimistranica151.jpg

Gʻolib oʻqituvchilar va ular tahsil oladigan Oliy oʻquv yurtlari roʻyxati:

1. Nazira Ahmedova, Toshkent shahri — Sapienza University of Rome (Italiya)

2. Gulnaz Godarova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Taxiatosh tumani — Bristol University (Buyuk Britaniya)

3. Davron Muhiddinov, Qashqadaryo viloyati, Koson tumani — Novosibirsk davlat universiteti, (Rossiya)

4. Sevaraxon Ikromova, Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri — The University of Leeds (Buyuk Britaniya)

5. Munis Xamidov, Samarqand shahri — University of Reading (Buyuk Britaniya)

6. Sarvar Hafizov, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani — University of Glasgow (Buyuk Britaniya)

Share to: