5 yilda ilk bor xalqaro matematika olimpiadasida maktab oʻquvchisi gʻolib boʻldi

Eng nufuzli olimpiadalar sirasiga kiruvchi 62-Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO) natijalari eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarga koʻra,

Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati 5-IDUM oʻquvchisi kumush medal;

Olimjon Olimov — Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi Doniyor Ismoilov imtiyozli diplomni qoʻlga kiritdi.

Bu yilgi olimpiada 14-24-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi. Unda dunyoning 110 davlatidan 623 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.

Xalq taʼlimi vazirligi mazkur gʻalaba bilan oʻquvchilarni, ularga tarbiya va bilim bergan oʻqituvchilarini hamda ota-onalarini muborakbod etadi!

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda oʻzbekistonlik oʻquvchilar nufuzli olimpiadalar sirasiga kiruvchi Xalqaro biologiya, fizika hamda kimyo olimpiadalarida ham yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Olimpiada gʻoliblari qanday ragʻbatlantirilishi haqida

 

Share to: