Buyuk kelajagimiz bunyodkorlari

2015.01.30 | Янгиликлар

 

Buyuk kelajagimiz bunyodkorlari

 

Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish aholimiz, avvalo, yosh avlodimiz sog‘lig‘ini mustahkamlashda muhim o‘rin tutishini inobatga olib, bu sohaga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
 
O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sifatida sportni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ularni o‘zi qiziqqan sport turlariga keng jalb etish, sport majmualarida barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik o‘z samaralarini berayotir.
 
Davlatimiz rahbarining 2002-yil 24-oktabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi va 2004-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari soha rivojida muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
 
2014-yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 18 namunaviy sport obyekti va 73 maktab sport zali barpo etildi, 24 obyektda qariyb 100 milliard so‘mlik rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 
 
Xorijlik mutaxassislar, murabbiylar, sportchilarning mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, sportchilarimizning mahoratiyu salohiyati haqidagi fikrlari e’tiborga sazovor.
 
O‘tgan yili Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati davomida Xitoy terma jamoasi menejeri Ksiao Long Chen mazkur musobaqa haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “O‘zbekistonda sportchilar uchun barcha sharoit yaratilgani tahsinga loyiq. Musobaqalar bo‘lib o‘tgan sport maktabi misolida ham yurtingizda gimnastika rivojiga nechog‘lik yuksak e’tibor qaratilayotganini ko‘rish mumkin. Ko‘plab chempionatlarda qatnashganmiz, shu bois ayta olamanki, Toshkentdagi qit’a chempionatida musobaqani tashkil etishning barcha jihatlariga alohida e’tibor bilan yondashilgani yaqqol namoyon bo‘ldi”.
 
Ushbu nufuzli musobaqada qatnashgan hindistonlik sportchi Adxijit Kumar: “Bu chempionatda Osiyodagi eng mahoratli gimnastikachilar kurashmoqda. Ayniqsa, o‘zbekistonlik sportchilar orasida iqtidorli yigit va qizlar ko‘p ekan. Ular bilan bellashish oson bo‘lmasa kerak”, degan edi.
 
Darhaqiqat, mamlakatimiz so‘nggi yillarda yuksak sport salohiyatiga ega davlat sifatida butun dunyoga tanilmoqda. Xalqaro sport tashkilotlari har qanday nufuzli musobaqa yurtimizda yuqori saviyada o‘tkazilishiga ishonch bildirmoqda. 
 
2014-yilda mamlakatimizda badiiy va sport gimnastikasi, taekvondo, erkin, yunon-rum va ayollar kurashi, dzyudo, tennis kabi olimpiadaga kirgan o‘nga yaqin sport turlari bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlari, jahon kubogi musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazildi. 
 
Xalqaro miqyosda sportchilarimizga tan berilmoqda, ularning yutuqlari sirini o‘rganishga harakat qilinmoqda. Davlatimiz nomi, madhiyasi baralla yangrab, bayrog‘imiz baland hilpiraganda beixtiyor olqishlanmoqda. 
 
Agar mamlakatimiz mustaqillikka erishmaganida farzandlarimiz uchun sport sohasida yaratilayotgan bunday katta imkoniyatlar, erishilayotgan yutuqlar haqida tasavvur qilish mumkinmidi?! 
 
– Bolaligimizda futbolga ishtiyoqimiz baland edi. Chunki bizning sharoitimizda futbol, kurash yo shunga o‘xshagan sport zali, jihozlar uncha talab qilinmaydigan bir-ikkita sport turi bilan shug‘ullanish mumkin edi. Boshqasiga na imkoniyat, na sharoit bor edi, – deydi chimboylik Arslonboy Berdimurodov. – Qishloqdoshlar bilan uy yumushlaridan ortgan vaqtimizni chog‘roq “futbol maydoni”da o‘tkazardik. O‘sha paytlar chekka qishloqning bolasi qaysi sport turiga qiziqishiyu iqtidori bor-yo‘qligi bilan hech kim qiziqmas, hatto o‘zimizning xayolimizga ham kelmagandi. 
 
Bu so‘zlar bugungi yoshlar uchun balki ertakdek tuyular, lekin bu o‘sha davrda bolaligi mehnatda o‘tgan minglab qishloq yoshlarining achchiq qismati edi. Nafaqat qishloq, balki shaharlarda ham tuzukroq sharoit bo‘lmagani bois ota-onalar farzandlarining sport bilan shug‘ullanishini ortiqcha ish, deb bilishardi. 
 
Bugungi manzara kishining havasini uyg‘otadi. Yurtimizning barcha hududida ko‘rkam, zamonaviy ta’lim va sport maskanlari barpo etilmoqda. Ularda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ota-onalarning o‘g‘il-qizlarini sport seksiyalariga yetaklab borayotgani ko‘zni quvontiradi, bu yerda tarbiyalanayotgan yoshlarning ishtiyoqiyu g‘ayrati kishini hayratga soladi. 
 
Ayni paytda O‘zbekistonda ikki millionga yaqin o‘g‘il-qiz sportning o‘ttizdan ziyod turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarining deyarli barchasi yangidan qurilgan va rekonstruksiya qilingan sport zallariga ega. Kollej va litseylar zamonaviy jihozlangan sport zallari bilan to‘liq ta’minlangan. O‘quv muassasalaridagi jismoniy tarbiya darslari belgilangan jadval va me’yorlar asosida o‘tkazilmoqda. Bolalar darsdan tashqari bo‘sh vaqtini asosan sport majmualari, suv havzalari, gimnastika markazlarida o‘tkazmoqda.
 
Yurtimiz sportchilari ko‘plab sport turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon va qit’a chempionatlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak natijalarga erishmoqda.
 
Muxtasar aytganda, mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor zamirida har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash maqsadi mujassamdir. Bugun sportga mehr qo‘yib, sog‘lom kamol topayotgan o‘g‘il-qizlar ertaga ahil, mustahkam oila quradi, sog‘lom zurriyotni voyaga yetkazadi. Binobarin, sog‘lom bolalar davlatimiz va xalqimizning eng katta boyligi, buyuk kelajagimiz 

Рўйхатдан ўтиш





Топ Рейтинг НИПС www.uz
100031, Ўзбекистон, Тошкент шаҳри, Яккасарой тумани, Миробод кўчаси, 14-уй.
Телефон: (+99871)215-52-81, факс: (+99895)479-99-08 e-mail: uzedu@exat.uz
Вазирлик иш кунлари: душанба-жума(9.00-18.00гача, 13.00-14.00гача тушлик),
дам олиш кунлари: шанба, якшанба ва байрам кунлари.
Матбуот хизмати рақами: (+99871)266-18-53

Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги

Cайтнинг очиқлик сиёсати

Материалдан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, uzedu.uz манбаси кўрсатилиши шарт.

Вазирлик сайтининг олдинги варианти.

Ҳозир сайтда: 31

Хато кўрсангиз белгиланг ва Ctrl+Enter ни босинг.