Ziyonet
 
Kitob.uz
 

 
 
   
 

Ustoz-shogird maktabi... hamkorlikning ilk natijalari

         Sinfxonaga qadam qo'yar ekan “Bugun o'quvchilarga nima yangilik ayta olaman?” degan savolga javob izlaydi. Dars tugagach esa kun bo'yi o'z ishidagi yutuq va kamchikliklar, foydalana olmagan imkoniyatlari haqida o'ylay boshlaydi    
Respublikamiz maktablarida ustoz-shogird an'analari keng yo'lga qo'yilgan bugungi kunda Jizzax tumanidan ona tili va adabiyot fani bo'yicha bu yuksak ishonch Gulchehra Namozboevaga ishonib topshirildi. Ayni damda tajribali muallima Nargiza Avvalboeva, Muhayyo Olimjonova hamda Ra'no Meyliboevaga ustozlik qilmoqda.
     Ustoz-muallima shogirdlarining darslarini, ish faoliyatini muntazam kuzatib, tahlil qilib, ularning har biri bilan alohida ish olib borishga katta ahamiyat qaratmoqda.
    Xuddi shunday izlanish va o'rganish 16 maktab o'qituvchisi Ra'no Meliboeva faoliyatida ham ko'zga tashlanmoqda. An'ananing qanchalar hayotiy ekanligini natija va vaqt ko'rsatmoqda. Bu shogird-o'qituvchilar dars samaradorligida ham seziladi.
     Gulchehra Namozboevaning shogirdlari ustoz izidan borib, dars o'tish metodlari, turli tadbirlar, sinf rahbarlik faoliyati, ish yuritish hujjatlarini rasmiylashtirish, ota-onalar muomala va aloqani mustahkamlash kabi jihatlarni o'rganmoqda. “Yilning eng yahshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovning viloyat bosqichi g`olibi izlanuvchan pedagog Gulchehra Namozboevaning tajriba maktabi har qancha o'rganishga arzigulikdir.
A.Sodiqov


Maqola sanasi Maqola sanasi: 08 Sentyabr 2010 16:44


Yangiliklar bolimiga o'tish


  



Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2012
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi