Ziyonet
 
Kitob.uz
 

 
 
   
 

Yoshlar – doimiy e’tiborda

An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan tanlovning yildan-yilga nufuzi oshib, unda ishtirok etishni xohlovchilar va kashf etilayotgan iqtidorli yoshlar safi tobora kengaymoqda.
Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida saralangan iqtidorli yoshlar o‘zlarining loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, ilmiy ishlari va kashfiyotlarini keng jamoatchilik oldida namoyish etib, izlanishlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumot berdilar.
Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutining 4-bosqich talabasi Ibrohimjon tanlovda yuqori bosimli gaz razradli lampalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasi bilan ishtirok etdi.
– Men yaratish ustida izlanayotgan lampaning oddiy cho‘g‘lanma lampalardan afzalligi iqtisodiy jihatdan tejamliligida, – deydi I.Hojiyev. – Elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish bugungi davr talabi. Shu bois bunday loyihalarni amaliyotga tatbiq etishning ahamiyati katta.
Yosh kashfiyotchining ushbu loyihasi tanlovning axborot texnologiyalari va ratsionalizatorlik takliflar, texnik loyihalar, ishlanmalar nominatsiyasi bo‘yicha yuqori baholanib, g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, arxitektura va dizayn, adabiyot va publitsistika, an’anaviy badiiy va amaliy san’at kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari hamda tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar topshirildi.
Shu kuni yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham tashkil etildi. Unda Namangan shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan turli mulk shaklidagi 130 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasalar 2167 bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Yarmarkaga jalb etilgan oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarining bitiruvchilari taklif etilayotgan ish o‘rinlari, ish beruvchi subyektlar haqida batafsil ma’lumotlar, mehnat qonunchiligi yuzasidan huquqiy maslahatlar oldi. Yarmarkaga kelgan yoshlardan 440 nafari o‘zlari uchun ma’qul ish topib, mehnat shartnomasi imzoladi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so‘zga chiqdi.



Manba Manba: Uza.uz
Maqola sanasi Maqola sanasi: 08 Sentyabr 2010 14:17


Yangiliklar bolimiga o'tish


  



Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2012
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi