Shahar xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi 9-maktab nufuzli bilim dargohlaridan biri. Mazkur o'quv maskani o'tgan yili 718 million so'mlik mablag` evaziga kapital rekonstruksiya qilindi. Butunlay yangicha qiyofa kasb etgan ushbu maktab zamonaviy o'quv jihozlari bilan ta'minlandi. Viloyat hokimligining tashabbusi va sa'y-harakatlari bilan yozgi sport maydonchasi bunyod etildi.
Shahar maktablari orasida 16-umumta'lim maktabi ham o'ziga xos o'ringa ega. 2007 yilda maktab binosi to'liq kapital rekonstruksiya qilindi. Hozirda 24 ta fan, 6 ta sport va 3 ta san'at to'garagi ishlab turibdi. Tabiiy fanlar bo'yicha o'quv laboratoriya xonalari zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan
Umuman olganda, shahar xalq ta'limi bo'limiga qaragshli maktablarda pedagogik g`oyalarni hayotga tatbiq etishda iqtidor va tajriba samarasi qo'l kelmoqda.
Ashurali Boymurodov
"Turkiston" gazetasi muxbiri
| Maqola sanasi: 08 Sentyabr 2010 11:49 |












