Ziyonet
 
Kitob.uz
 

 
 
   
 

Yoshlarga bayram tuhfalari

Eng ulug‘, eng aziz ayyom arafasida Marg‘ilon shahridagi 9-Bolalar musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi. Bu yoshlar uchun munosib bayram tuhfasi bo‘ldi.

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan kapital rekonstruksiya qilingan mazkur maktabda musiqa va san’at sirlarini o‘rganish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Bu yerda yoshlar nafaqat milliy musiqa va san’at turlari, balki jahon san’atiga oid bilimini boyitishlari uchun ham keng imkoniyatlar mavjud.

– Qo‘qon shahri va O‘zbekiston tumanida ikkita yangi sport majmuasi, Yozyovon va Uchko‘prik tumanlaridagi ikkita maktabda sport zallari qurilib, istiqlolimizning 19 yilligi munosabati bilan yoshlarimizga tuhfa qilinmoqda, – deydi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining viloyat filiali direktori Qahramon Sobirov. – Shuningdek, Qo‘qon shahrida ham yangi Bolalar musiqa va san’at maktabi bunyod etildi, uchta shunday maktab kapital rekonstruksiya qilindi.




Manba Manba: www.uza.uz
Maqola sanasi Maqola sanasi: 02 Sentyabr 2010 10:31


Yangiliklar bolimiga o'tish


  



Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2012
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi