Ziyonet
 
Kitob.uz
 

 
 
   
 

Bayram tadbiridan

-Ana, oying, Murodjon qara,- deya yonidagi o`rtog`ini tortqiladi boshida do`ppi, belida bekbog`I bor bolakay. 
- Ey, yo`q, ula mani oyimla emas, boshqa-yu, - deganicha o`rtog`iga dakki bergan bo`ldi xuddi shunday milliy kiyimda yasanib olgan bolakay ham...
Bu beg`ubor suhbatni kuzatib turganimda, bog`cha darvozasidan MTM uslubchisi Tatyana Samandarova chiqib keldi va meni bayram tadbiri bo`layotgan zal tomon boshladi. 
Bolalarning yuqoridagi suhbati bejiz emas ekan. Gullar, sharlar va turli o`yinchoqlar bilan bayramona bezatilgan zal kichkintoylarning onalari va buvilarining tashrifi bilan yanada fayzlidek go`yo. Onajonlar bayrami munosabati bilan Yakkasaroy tumanidagi 358-MTMda tashkil etilgan kecha "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bilan bir vaqtda o`tkazilgani uchun ota-onalar kun bo`yi farzandlari yonida bo`lib, ularni kuzatish imkoniyatiga ega bo`ldi. 
Birin-ketin sahnada jajjilar tomonidan onalarga bag`ishlangan she'r, qo`shiq, raqs va sahna ko`rinishlari namoyish etildi. Ularning mittigina bo`lib, milliy liboslarda, boshlarida do`ppilari bilan Xorazm lazgisi va boshqa musiqalarga raqs tushishlari nafaqat onalar, balki bizning ham zavqimizni oshirdi. Bolajonlar faqat o`zbek milliy raqslari bilan cheklanib qolmasdan, ko`pgina boshqa xalqlar raqslarini ham mahorat bilan ijro etib, barchaning olqishiga sazovor bo`ldi. 
Ayni paytda MTMda 300 nafar bolajonlar 12ta guruhda tarbiyalanmoqda. Ahamiyatli tomoni, bog`chaning rus guruhi tarbiyalanuvchilari o`zbek, o`zbek guruhidagilar esa rus tilida she'r va qo`shiqlar aytishdi. Bu esa MTMda millatlararo totuvlik samarali yo`lga qo`yilganligidan dalolat beradi. 
Bundan tashqari, bolajonlar to`garak rahbari Manzura Islomboeva boshchiligidamashg`ulotlarda yasagan bayram tabriknomalari, munchoqlar va boshqa qo`lbola sovg`alarini onajonlari hamda buvijonlariga tuhfa qilishdi.




Maqola sanasi Maqola sanasi: 06 Mart 2010 13:37


Yangiliklar bolimiga o'tish


  



Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2012
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi