ME'YORIY HUJJATLAR // Xalq ta'limi vazirligi me'yoriy hujjatlari // Doimiy ravishda sport bilan shug`ullanuvchi bolalar sonini belgilashning aniq mezonlari to`g`risida NIZOM
O`zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2008 yil 16 yanvarda 1759-son
bilan ro`yxatga olingan
Xalq ta'limi vazirligi,
Madaniyat va sport ishlari vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligining
2008 yil 8 yanvardagi
1, 8, 39-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Doimiy ravishda sport bilan shug`ullanuvchi bolalar sonini belgilashning aniq mezonlari to`g`risidaNIZOM
Muqaddima
I. Asosiy tushunchalar
II. Maqsad va vazifalar
III. Sport turlari bilan shug`ullanuvchi bolalar sonini belgilash mezonlari
IV. Bolalar sonini hisoblash bo`yicha hujjatlar
V. hisobotlarni tuzish tartibi va taqdim etish muddatlari
VI. Javobgarlik
VII. Yakuniy qoidalar
1-ilova. Bolalar sporti bo`yicha hisobot
Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida"gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi "O`zbekiston Bolalar sportini
rivojlantirish jamg`armasini tuzish to`g`risida"gi PF-3154-son Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi "2008 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi
byudjetini va bolalar sport ob'ektlari qurilishining aniq manzilli dasturini tasdiqlash to`g`risida"gi PQ-743-son qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29
avgustdagi "Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida"gi 410-son qaroriga muvofiq, jismoniy tarbiya yoki sport turlari
bilan doimiy shug`ullanuvchi 6 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar sonini belgilashning aniq mezonlariga nisbatan qo`yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
I. ASOSIY TUShUNChALAR
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:
jismoniy sog`lomlashtirish guruhi - sog`lomlashtirish maqsadida jismoniy tarbiya bilan shug`ullanuvchi
shaxslardan tashkil etilgan guruh;
jismoniy tarbiyalanuvchi - sog`lomlashtirish maqsadida ma'lum bir sport turi vositalarini qo`llash
orqali jismoniy tarbiya bilan shug`ullanadigan shaxs;
yo`riqchi - (oliy, o`rta maxsus) jismoniy tarbiya ma'lumotiga ega bo`lgan yoki sport turlari bo`yicha
federasiya va assosiasiyalar o`tkazadigan lisenzion kurslarni tamomlagan, sog`lomlashtirish
maqsadida o`quv-mashg`ulot darslarini olib boradigan shaxs;
murabbiy - (oliy yoki o`rta maxsus) jismoniy tarbiya ma'lumotiga yoki sport turlari bo`yicha federasiya
va assosiasiyalarning maxsus ruxsatnomalariga ega bo`lgan sportchilar bilan o`quv-mashg`ulot
darslarini olib boradigan, ularning sport mahoratini oshirish va sport musobaqalarida ishtirok
etishlari uchun tayyorgarlik ishlarini olib boruvchi shaxs;
sport turi - o`zining musobaqa o`tkazish qoidalariga ega bo`lgan, mazkur sport turi bo`yicha
o`tkaziladigan sport tadbirlariga sportchilarni tayyorlaydigan, sport yo`nalishida
maxsuslashtirilgan umumiy tushuncha;
sportchi - ma'lum bir sport turi bilan doimiy shug`ullanuvchi, sport turlariga xos talablar bo`yicha
umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik sinov me'yorlarini bajargan va musobaqalarda doimiy
ishtirok etadigan shaxs;
o`quv mashg`ulot sport guruhi - yoshi va malakasiga muvofiq sport turi bo`yicha guruhlarga birlashgan
shug`ullanuvchi sportchilarning aniq bir soni.
II. MAQSAD VA VAZIFALAR
2. Ushbu Nizomning asosiy maqsadi sport turlari bilan doimiy shug`ullanuvchi bolalar sonini
belgilash bo`yicha aniq mezonlarni ishlab chiqish hisoblanadi.
3. Sport turlari bilan doimiy shug`ullanuvchi bolalar sonini belgilashning asosiy maqsad va
vazifalari:
a) yagona hisobotlarni shakllantirish;
b) Respublikada sport turlarini rivojlantirish bo`yicha asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul
qilish;
v) sport turlari bo`yicha murabbiy kadrlarga, jismoniy tarbiya bo`yicha yo`riqchilarga bo`lgan ehtiyojni
aniqlash, shuningdek ular faoliyatini tartibga solish;
g) sport inshootlarida anjomlar, jihozlar va kiyimlarga bo`lgan ehtiyojni aniqlash;
d) jismoniy tarbiya va sport turlarini rivojlantirish bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan va uzoq
muddatli tadbirlarni belgilashdan iborat.
III. SPORT TURLARI BILAN ShUG`ULLANUVChI BOLALAR SONINI BELGILASh MEZONLARI
4. Sport turlari bilan doimiy shug`ullanuvchi bolalar soni - bu o`quv-mashg`ulot sport guruhlari
jurnallarida qayd etilgan, biror bir sport turidan murabbiy rahbarligida yil davomida, haftasiga
kamida uch marta shug`ullanadigan, har bir mashg`ulotning davomiyligi ikki akademik soatdan oz
bo`lmagan va musobaqalarda doimiy ishtirok etadigan bolalar soni.
5. Sport turlari bilan doimiy shug`ullanuvchi bolalar sonini belgilash mezonlariga:
a) sport turi bo`yicha murabbiyning mavjudligi;
b) haftasiga kamida uch marotaba, har bir darslarning davomiyligi ikki akademik soatdan kam