Ziyonet
 
Kitob.uz
 

 
 
  ME'YORIY HUJJATLAR // Xalq ta'limi vazirligi me'yoriy hujjatlari // Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va san'at maktablaridao`qishi uchun haq to`lash va undan foydalanish tartibi to`g`risida NIZOM 
 
O`zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2009 yil 5 fevralda 1898-son
bilan ro`yxatga olingan
Xalq ta'limi vazirligi va
Moliya vazirligining
2008 yil 31 dekabrdagi
46, 121-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
 
 

 

Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va san'at maktablaridao`qishi uchun haq to`lash va undan foydalanish tartibi to`g`risida NIZOM

 
Muqaddima

I. Umumiy qoidalar

II. O`qish uchun to`lovni amalga oshirish tartibi

III. O`qish uchun to`lovlardan ozod etish hamdao`qituvchi va konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash bo`yicha Komissiyaning faoliyati

IV. O`qish uchun to`lovlardan ozod qilish tartibi

V. Ota-onalarning to`lovidan tushgan mablag`lardan foydalanish tartibi

VI. Buxgalteriya hisobi va hisoboti

VII. Yakuniy qoidalar

1-ilova. O`quv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlarning asosiy ko`rsatkichlari

2-ilova. O`qituvchi va konsertmeysterlar mahoratining asosiy ko`rsatkichlari

 
 

Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi PQ-910-sonli "Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009 - 2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturi to`g`risida"gi qaroriga  (O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2008 y., 28-son, 267-modda) muvofiq bolalar(o`quvchilar)ning (bundan keyingio`rinlarda bolalar deb yuritiladi) musiqa va san'at maktablarida o`qishi uchun to`lanadigan to`lovning miqdori, uni to`lash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.

 
 
I. UMUMIY QOIDALAR
 

1. Mazkur Nizom Davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladigan musiqa va san'at maktablariga taalluqlidir.

 

2. Musiqa va san'at maktablaridao`qish uchun to`lanadigan to`lovlar qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda undiriladi.

 
 

II. O`QISh UChUN TO`LOVNI AMALGA OShIRISh TARTIBI

 

3. Musiqa va san'at maktablarida bolalarning ta'lim olishlari uchun to`lovlar ota-onalar yoki ularningo`rnini bosuvchi shaxslar (bundan keyingio`rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) va maktab ma'muriyati tomonidan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

 

4. Musiqa va san'at maktablaridao`qish uchun to`lanadigan to`lovo`quv yilining (sentyabr - may) oylari uchun to`lanadi. To`lovlar har oyda kelgusi oyning 5-sanasidan kechikmasdan to`lanadi.

 

5. Bolaning kasalligi davrida (2 haftadan kam bo`lmaganda) musiqa va san'at maktabidao`qish uchun to`lov olinmaydi. Bunda, bolaning kasalligi to`g`risida ota-onaning arizasi va davolash muassasasidan yoki hudud shifokoridan olingan ma'lumotnoma taqdim etilishi zarur.

 

6. Musiqa va san'at maktablaridao`qish uchun amalga oshiriladigan to`lov bank muassasalariga to`lanadi va to`lov to`langanligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi musiqa va san'at maktabiga taqdim etiladi.

 

7. Agar to`lov naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan bo`lsa, musiqa va san'at maktabiga to`lov topshiriqnomasining nusxasi (to`lov to`langanligi to`g`risidagi bank belgisi qo`yilgan holda) taqdim etiladi.

 

8. Musiqa va san'at maktabidao`qish uchun to`langan to`lov ushbu muassasalarning alohida byudjetdan tashqari talab qilib olguncha bank depozit hisob raqamiga tushiriladi.

 

9. Agar to`lov ushbu Nizomning 4-bandida ko`rsatilgan muddatdan ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to`lanmagan taqdirda,o`quvchilar bolalar musiqa va san'at maktabi ro`yxatidan chiqariladi.

 

10. Musiqa va san'at maktabidao`qiydigan bolaning ta'lim olishi uchun to`lanmagan to`lov bir oy ichida to`langan taqdirda, bola mazkur sinfning dasturiy talabini bajargandan so`ngo`quvchilar safiga qayta tiklanadi.

 

11. Mazkur Nizomga muvofiq, musiqa maktablarida ta'lim olish uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilgan to`lovdan tushgan mablag` bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,o`qituvchilar va konsertmeysterlarni moddiy rag`batlantirish uchun sarflanadi.

 
 

III. O`QISh UChUN TO`LOVLARDAN OZOD ETISh HAMDA O`QITUVChI VA KONSERTMEYSTERLARGA HAR OYLIK USTAMALAR BELGILASh BO`YIChA KOMISSIYaNING FAOLIYaTI

 

12. Har bir musiqa va san'at maktabidao`qish uchun to`lovlardan ozod etish vao`qituvchi hamda konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash bo`yicha Komissiya (bundan keyingio`rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.

 

13. Komissiya maktab direktori buyrug`i asosida 5 - 7 kishidan iborat bo`lgan tarkibda tayinlanadi.

Komissiya raisi - maktab direktori.

Komissiya a'zolari - ma'naviy-ma'rifiy vao`quv ishlari bo`yicha direktoro`rinbosari (mas'ul kotib), musiqa va san'at maktabining kasaba uyushmasi raisi, ikki yetakchio`qituvchi va ota-onalar qo`mitasining ikki vakili.

 

14. Komissiyaning asosiy vazifasi quyidagilar hisoblanadi:

a) moliya yilining boshlanishida, zarur hollardao`quv yili davomida ota-onalarni bolalarningo`qish uchun belgilangan to`lovdan ozod etish masalasini ko`rib chiqish;

b)o`quv yilining boshlanishida, shuningdek zarur hollardao`quv yili davomida oylik ustama belgilash bo`yichao`qituvchi va konsertmeysterlarning nomzodlarini ko`rib chiqish hamda har oylik ustama belgilash.

 

15. Komissiya:

a) taqdim etilgan hujjatlarni ko`rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi;

b) qaror bayonnomasini direktorga tasdiqlash uchun topshiradi.

 

16. O`qituvchi va konsertmeysterlarga ustama belgilash uchun nomzodlarni ko`rib chiqishdao`qituvchi vakonsertmeysterlarning tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, kasbiy mahorati,o`qitish sifati va yuksak ko`rsatkichlari to`g`risidagi musiqa va san'at maktablarining bo`lim boshliqlari tomonidanberiladigan tavsiyanomalar Komissiyaga taqdim etilishi kerak.

 

17. Komissiya, zarur hollarda,o`quv yili boshida belgilangan ustamalar miqdorining muddatidanoldino`zgarganligi to`g`risida qaror qabul qiladi.

 
 

IV. O`QISh UChUN TO`LOVLARDAN OZOD QILISh TARTIBI

 

18. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 490-sonli "O`zbekistonRespublikasining 2002 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to`g`risida"gi qaroriga (O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2001 y.,22-24-son, 159-modda) asosan musiqa va san'at maktablaridao`quvchilar umumiy sonining (o`quv yili boshlanishida) 25 foizi doirasida kam ta'minlangan oilalarning iqtidorli bolalari ta'limolishlari uchun to`lovdan ozod etiladilar.

 

19. Kam ta'minlangan oilalarning farzandlarini to`lovdan ozod etish uchun quyidagi hujjatlartaqdim etilishi lozim:

a) ota-onalarning arizasi;

b) 16 (18) yoshgacha bo`lgan farzandlari bor oilalarning har oylik oladigan nafaqasi va oilaning harbir a'zosiga to`g`ri keladigan jami daromadi to`g`risidagi fuqarolarningo`zinio`zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan ma'lumotnoma;

v)o`quvchiningo`zlashtirish tabeli va tavsifnomasi;

g)o`quvchining respublika, viloyat, tuman (shahar) ko`rik-tanlovlari, festivallar, ko`rgazmalardagi ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo`lsa).

 

20. To`lovdan ozod etilgan kam ta'minlangan oila farzandlari ro`yxati Komissiya tomonidan moliyayilining boshlanishida aniqlanadi va Komissiya qarori bayonnomasi asosida maktab direktori buyrug`i bilan tasdiqlanadi.

 

21. Oilaning bir a'zosiga bir oyda to`g`ri keladigan jami daromadi eng past darajada bo`lgan kamta'minlangan oilalarning bolalarini ro`yxatga birinchi navbatda kiritish tamoyiliga rioya qilgan holda to`ldirib boriladi.

Ro`yxatga kirmagan kam ta'minlangan oilalarning bolalaridan zaxira shakllantiriladi.

 

22. Musiqa va san'at maktablaridao`qish uchun belgilangan to`lovlardan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar ham ozod etiladilar.

23. Davlat qaramog`ida bo`lgan yetim bolalar va ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarningo`qishi uchunto`lovdan ozod etishga xalq ta'limi bo`limlari tomonidan berilgan ma'lumotnomalar asos bo`ladi.
 
 

V. OTA-ONALARNING TO`LOVIDAN TUShGAN MABLA£LARDAN FOYDALANISh TARTIBI

 

24. O`qish uchun to`langan ota-onalar to`lovi mablag`lari quyidagilarga yo`naltiriladi:

a) 50 foizi maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga;

b) 40 foizi maktab pedagog xodimlarining umumiy soni ko`rsatkichining 50 foizidan oshmagano`qituvchi va konsertmeysterlarga har oylik bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha moddiy rag`batlantirishga;

v) 10 foizi xalqaro va respublika, viloyat, tuman (shahar) ko`rik-tanlovlari, festivallar, ko`rgazmalardagi yutuqlari uchun rag`batlantirishga, shuningdeko`quvchilarning teatr, konsert, muzeylarga tashrifi hamda madaniy tadbirlarni tashkil etish vao`tkazishga.

25. Ota-onalar to`lovidan tushgan mablag`larning taqsimlanishi Komissiya qarori asosida maktabdirektori buyrug`i bilan tasdiqlanadi.
 

26. O`qituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning tarbiyaviy vasinfdan tashqari ishlari,o`quv jarayoniga qo`shgan shaxsiy hissasi uchun 100 ballik tizim asosida mazkur

Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baholanadi

Bunda:

a) 80 ball va undan ko`p ballni to`plagano`qituvchi va konsertmeysterlarga tarbiyaviy va sinfdantashqari ishlari uchun bazaviy tarif stavkasining 15 foizigacha;

b) 60 balldan 80 ballgacha to`plagano`qituvchi va konsertmeysterlarga tarbiyaviy va sinfdan tashqariishlari uchun bazaviy tarif stavkasining 10 foizigacha ustama belgilanadi.

 

27. O`qituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning kasbiy mahorati vapedagogik ishlarining yuqori ko`rsatkichlari uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning

2-ilovasiga muvofiq baholanadi.

Bunda:

a) 70 balldan 80 ballgacha to`plagano`qituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 25foizigacha ustama belgilanadi;

b) 60 balldan 70 ballgacha to`plagano`qituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 20foizigacha ustama belgilanadi.

 
 VI. BUXGALTERIYa HISOBI VA HISOBOTI
 
28. Musiqa va san'at maktablarida bolalarningo`qishi uchun amalga oshirilgan to`lov tushuminingbuxgalteriya hisob-kitobi quyidagicha:
yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan maktablarda - hududiy moliya organining xalq ta'limimuassasalarini moliyalashtirish bo`limi tomonidan;
yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan maktablarda - ularning buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
 

29. Ota-onalar to`lovlarining hisobi buxgalteriya hisob-kitobida quyidagi buxgalteriya qaydnomalariorqali rasmiylashtiriladi:

 Dt 172
 Kt 236

Ota-onalar to`lovidan tushgan summaga quyidagi buxgalteriya qaydnomasi beriladi:

 Dt 111
 Kt 172

Tushgan mablag`larni musiqa va san'at maktablari tomonidan ishlatishda quyidagi buxgalteriya

qaydnomasidan foydalaniladi:

 Dt 178 (120)
 Kt 111

Musiqa maktablarining ota-onalar to`lovi tushumining aniq sarflanishio`quv yili davomida debet bo`yicha 211 yordamchi hisobvarag`i va hisobot yilining yakunida debet bo`yicha 211 yordamchi hisobvarag`idagi sarf-xarajatlar 236 yordamchi hisobvarag`idagi yakuniy oborotlar asosida yopiladi.

 
 

VII. YaKUNIY QOIDALAR


30. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ota-onalartomonidan to`lovni amalga oshirish va pedagog xodimlarga belgilanadigan ustamalarning monitoringini olib boradi.

 

31. Yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan ta'lim muassasasining rahbari va bosh hisobchisi ota-onalar to`lovi tushumini maqsadli sarflash bo`yicha javobgar hisoblanadi.

32. Moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidanbolalar musiqa va san'at maktablaridao`qish uchun to`lanadigan ota-onalar to`lovidan tushgan mablag`larningo`z vaqtida qabul qilinishi, shuningdek maqsadli saflanishi hamda pedagog va konsertmeysterlarning ustamalari miqdorini hisoblashning to`g`ri taqsimlanishi bo`yicha nazorat olib boriladi.
 

33. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo`lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladi.

 
Nizomga
1-ILOVA
 

O`quv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlarning

ASOSIY KO`RSATKIChLARI
 
T/r       Baholashning yuqori bali

1.         Ota-onalar bilan ishlashning pedagogik maqsadga muvofiq ko`rsatkichlari vao`sib kelayotganyosh avlodning ma'naviy saviyasini ko`tarish va iqtidorini rivojlantirganlik bo`yicha

            20 ball

2.         Maktab jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun

            10 ball

3.         "Musiqa madaniyati va san'ati" fani bo`yicha umumta'lim maktablariga uslubiy yordam berganlik va hamkorlik qilganligi uchun

            20 ball

4.         Umumta'lim maktablari, mehribonlik uylari, mahallalar va boshqa ta'lim muassasalarida o`quvchilarning konsertlarini tashkil etish vao`tkazish uchun

            20 ball

5.         O`quvchilarning konsertlar, muzeylar, teatr va ko`rgazmalarga olib borishini tashkil

etganligi uchun

            10 ball

6.         Bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim olish uchuno`quvchilarni qabul qilish bo`yicha targ`ibot ishlarini olib borganligi uchun

            20 ball
 
 
 
 
Nizomga
2-ILOVA
 

O`qituvchi va konsertmeysterlar mahoratining

ASOSIY KO`RSATKIChLARI
 
T/r       Baholashning yuqori bali

1.         Yuksak mahorat va ta'lim jarayoniga qo`shgan shaxsiy hissasi hamdao`qitishning yuqori ko`rsatkichlari va sifati uchun

            15 ball

2.         Ishda ta'limning eng yangi metodlarini qo`llash,o`quv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy shakllarini joriy etish,o`qitadigan faniga qiziqish uyg`ota bilish uchun

            20 ball

3.         Bolalar musiqa va san'at maktabining rivojiga qo`shgan hissasi, ta'lim muassasasining jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun

            20 ball

4.         O`z ustida doimiy ravishda ishlash, yuqori malaka va professional mahorat uchun

            10 ball

5.         Bilim olishning barqaror darajasini, testlar asosida aniqlanuvchi (akademik konsertlar, imtihonlar) ta'limning yuqori sifatini ta'minlovchi pedagogik ishning yuqori samarasi uchun

            10 ball

6.         Iqtidorlio`quvchilar bilan alohida ishlashni tashkil etish, xalqaro va respublika ko`rgazma-tanlovlarida yuqori natijalarga erishish uchun

            20 ball

7.         Iqtidorlio`quvchilarni ushbu yo`nalishi bo`yicha akademik lisey va kollejlarga kirishga tayyorlash uchun

            5 ball
 
 

"O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami", 2009 yil, 6-son, 65-modda.



Maqola sanasi:
  



Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2012
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi