Ziyonet
 
Kitob.uz
 

 
 
  ME'YORIY HUJJATLAR // Xalq ta'limi vazirligi me'yoriy hujjatlari // Xorijiy fuqarolarning O`zbekiston Respublikasida davlat umumiy o`rta ta'lim muassasalariga o`qishga kirishi uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko`rib chiqish tartibi to`g`risidagi Yo`riqnomani tasdiqlash to`g`risida buyrug`i 
 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
ADLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN 
RO`YXATGA OLINGAN 
05.08.2009 y.
N 1992


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
XALQ TA`LIMI VAZIRINING 
06.07.2009 y. 
N 180



BUYRUG`I



Xorijiy fuqarolarning O`zbekiston Respublikasida 
davlat umumiy o`rta ta'lim muassasalariga o`qishga 
kirishi uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni 
ko`rib chiqish tartibi to`g`risidagi Yo`riqnomani 
tasdiqlash to`g`risida


(2009 yil 15 avgustdan kuchga kiradi)


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi "Xorijiy fuqarolarni O`zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o`qishga qabul qilish va o`qitish tartibini takomillashtirish to`g`risida"gi 169-sonli qarorining (O`zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to`plami, 2008 y., 8-son, 42-modda) ijrosini ta'minlash maqsadida BUYuRAMAN:

1. Xorijiy fuqarolarning O`zbekiston Respublikasida davlat umumiy o`rta ta'lim muassasalariga o`qishga kirishi uchun hujjatlarni taqdim etish va ularni ko`rib chiqish tartibi to`g`risidagi Yo`riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan kundan boshlab o`n kundan keyin kuchga kiradi.


Vazir G`. Shoumarov


"O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami", 2009 yil, 32-33-son, 365-modda.












Maqola sanasi:
  



Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2012
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi