Ziyonet
 
Kitob.uz
 

 
 
  ME'YORIY HUJJATLAR // Xalq ta'limi vazirligi me'yoriy hujjatlari // Umumta'lim maktablarini darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan ta'minlash tartibi to`g`risida NIZOM  
 
O`zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida
2010 yil 14 yanvarda 2064-son
bilan ro`yxatga olingan
O`zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi,
Moliya vazirligi, Madaniyat
va sport ishlari vazirligi
hamda O`zbekiston matbuot
va axborot agentligining
2009 yil 16 dekabrdagi
53, 115, QQ-19 va
05-04-02-son qaroriga
ILOVA



Umumta'lim maktablarini darsliklar 
va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan 
ta'minlash tartibi to`g`risida 
NIZOM



Muqaddima
I. Umumiy qoidalar
II. Umumta'lim maktablarining kutubxona jamg`armalari hamda yarmarka savdosi va chakana savdo tarmog`i orqali erkin sotish uchun darsliklar va O`MQlarni nashr etishga buyurtmani shakllantirish va bajarish
III. Umumta'lim maktablarining alohida toifadagi o`quvchilarini davlat byudjeti mablag`lari hisobidan darsliklar va O`MQlar bilan aniq manzilli ta'minlash 
IV. Darsliklarni ijaraga berish va ular bo`yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish 
V. Darsliklar va O`MQlarni qayta taqsimlash 
VI. Maktab kutubxona jamg`armasining darsliklar va O`MQlarini qabul qilishni va hisobdan chiqarilishining hisob-kitobini yuritish 
VII. Maktab kutubxona jamg`armasining darsliklar va O`MQlarini xatlovdan o`tkazish, keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan darsliklar va O`MQlarni tanlab olish va utilizasiya qilish 
VIII. Buxgalteriya hisob-kitobi va hisobot
IX. Umumta'lim maktablari kutubxonachilarining ish natijalarini baholash mezonlari
X. Yakuniy qoidalar
1-ilova. Foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar ro`yxati
2-ilova. O`quvchilarni darsliklar va O`MQ bilan ta'minlash usulini tanlash to`g`risida ota-onalar yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar orasida o`tkaziladigan so`rov anketasi
3-ilova. Umumta'lim maktablari o`quvchilari uchun darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalarni xarid qilishning istiqbol kvotalari
4-ilova. Umumta'lim maktablari bo`yicha darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalarning taqsimoti
5-ilova. Darsliklarni ijaraga berish to`g`risida namunaviy shartnoma
6-ilova. Maktab kutubxona jamg`armasidagi ijara tizimiga kiradigan darsliklarning umumiy hisob-kitobini yuritish kitobi
7-ilova. Maktab kutubxona jamg`armasidagi ijara tizimiga kirmaydigan darsliklarning umumiy hisob-kitobini yuritish kitobi
8-ilova. Maktab kutubxona jamg`armasidagi barcha turdagi darsliklarning umumiy hisob-kitobini yuritish kitobi
9-ilova. Maktab kutubxona jamg`armasining umumiy hisob-kitobini yuritish kitobi
10-ilova. Inventar kitobi
11-ilova. Maktab kutubxona jamg`armasidan darsliklarning hisobdan chiqarilishi to`g`risida dalolatnoma
12-ilova. Maktab kutubxona jamg`armasidan o`quv-metodik qo`llanmalarning hisobdan chiqarilishi to`g`risida dalolatnoma
13-ilova. Foydalanuvchilar tomonidan yo`qotilgan darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalarni hisobdan chiqarish va teng qiymatli deb e'tirof etilgan darsliklar va o`quv- metodik qo`llanmalarni qabul qilish to`g`risida dalolatnoma
14-ilova. Maktab kutubxona jamg`armasini xatlovdan o`tkazish to`g`risida dalolatnoma
15-ilova. Maktab kutubxona jamg`armasidan hisobdan chiqariladigan va utilizasiya qilinadigan darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalarni qabul qilish-topshirish to`g`risida dalolatnoma
16-ilova. Foydalanishga berilgan umumta'lim maktablarining darsliklar to`plamlari to`g`risida hisobot


Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 maydagi PQ-362-son "Umumta'lim maktablarini darsliklar bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorining (O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2006 yil, 22-son, 190-modda) 7-bandiga muvofiq umumta'lim maktablari va boshqa umumta'lim muassasalarini (keyingi o`rinlarda umumta'lim maktablari deb yuritiladi) darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan ta'minlash tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom byudjet va homiylik mablag`lari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari, darsliklar uchun belgilangan ijara to`lovlari hisobidan darsliklar va o`quv-metodik 
qo`llanmalarni xarid qilish hamda umumta'lim maktablarini darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar bilan ta'minlash maqsadida qo`llaniladi.

2. Ushbu Nizomning maqsadi uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

umumta'lim maktablari - O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi (keyingi o`rinlarda Xalq ta'limi vazirligi deb yuritiladi) hamda boshqa vazirliklar va idoralarning tarkibiga kiradigan davlatumumiy o`rta ta'lim maktablari, maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;

darsliklar - umumta'lim maktablari o`quvchilari tomonidan ishlatish uchun mo`ljallangan va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o`quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan kitoblar;

o`quv-metodik qo`llanmalar (keyingi o`rinlarda O`MQlar deb yuritiladi) - Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o`quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan umumta'lim maktablari o`quvchilari uchun o`quv qo`llanmalari va ish daftarlari, o`qituvchilar uchun metodik qo`llanmalar;

darsliklar to`plami - har yili O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg`armasi Vasiylik kengashi tomonidan tegishli sinf va ta'lim tili bo`yicha tasdiqlanadigan ijara tizimiga kiradigan darsliklar ro`yxati;

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg`armasi (keyingi o`rinlarda Jamg`arma deb yuritiladi) - byudjet va byudjetdan tashqari manbalar hisobidan moliyaviy mablag`larni birlashtirish yo`li bilan umumta'lim maktablari uchun darsliklar va O`MQlarni xarid etish va yetkazib berish xarajatlarini barqaror hamda uzluksiz mablag` bilan ta'minlashni amalga oshiradigan maqsadli jamg`arma;

Jamg`arma Vasiylik kengashi - Jamg`armaning rahbarlik organi bo`lib, darsliklarni xarid etish uchun kvotalarni, Jamg`armaning daromadlari va xarajatlari parametrlarini tasdiqlash, darsliklar uchun ijara to`lovlarini hisoblash va to`lash tartibini, darsliklar uchun yillik ijara to`lovi hajmini belgilash, Jamg`arma ijrochi direksiyasi faoliyatini nazorat qilish va qonunchilik bilan belgilangan boshqa vazifalarni amalga oshiradi;

darsliklar bilan ta'minlash - darsliklar va O`MQlarga bo`lgan ehtiyojni o`rganish, darsliklar va O`MQlarni xarid qilish, yetkazib berish va utilizasiya qilishni, shuningdek darsliklar va O`MQlar bo`yicha moliyaviy va boshqa hisobotlarni tashkillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar;

darsliklar ijarasi - umumta'lim maktablari o`quvchilari uchun bir o`quv yiliga bo`lgan muddatda maktab kutubxona jamg`armasidan zarur darsliklar to`plami bilan vaqtinchalik pullik foydalanishni tashkillashtirish; 

ijara to`lovi - Jamg`arma Vasiylik kengashi tomonidan har yili belgilanadigan va tegishli darsliklar to`plamlarini kelgusida yangilash uchun istiqbol xarajatlarni hisobga olgan holda hisob-kitob qilish yo`li bilan aniqlanadigan tegishli o`quv yilida tegishli sinf va ta'lim tili bo`yicha darsliklar to`plamlarining ijarasi uchun to`lov.

3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 31 maydagi PQ-362-son "Umumta'lim maktablarini darsliklar bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qaroriga muvofiq umumta'lim maktablari birinchi sinflarining o`quvchilari uchun darsliklar har yili, 2 - 4-sinflar uchun - ikki yilda bir marta va 5 - 9-sinflar uchun - to`rt yilda bir marta yangilanadi.
Bunda, darsliklar va O`MQlar mazmuni kamida har to`rt yildan keyin yangilanadi.


II. UMUMTA`LIM MAKTABLARINING KUTUBXONA 
JAMG`ARMALARI HAMDA YARMARKA SAVDOSI VA 
CHAKANA SAVDO TARMOG`I ORQALI ERKIN SOTISh 
UCHUN DARSLIKLAR VA O`MQLARNI NASHR ETISHGA 
BUYURTMANI SHAKLLANTIRISH VA BAJARISH


4. Xalq ta'limi vazirligi har yili 1 iyunga qadar Jamg`arma ijrochi direksiyasiga kelgusi kalendar yiliga darsliklar va O`MQlarga bo`lgan istiqbol ehtiyojni maktab kutubxona jamg`armalaridan bepul va ijara asosida darsliklar bilan ta'minlash kesimida taqdim etadi.Yakuniy ehtiyoj Xalq ta'limi vazirligi tomonidan har yili 1 dekabrgacha aniqlanadi va Jamg`arma ijrochi direksiyasiga istiqbol kvotalar shakllantirilgandan so`ng taqdim etiladi.

5. Istiqbol kvotalarni shakllantirish uchun Xalq ta'limi vazirligi har yili 1 avgustga qadar kelgusi o`quv yilida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar va O`MQlar ro`yxatini mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlaydi va har bir umumta'lim maktabiga yetkazadi, shuningdek mazkur ro`yxatni ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.

6. Kelgusi o`quv yilida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar va O`MQlar ro`yxati hamda Jamg`arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadigan ijara tizimiga kiradigan darsliklar ro`yxati maktab kutubxona jamg`armalari uchun byudjet mablag`lari hisobidan darsliklar va O`MQlarni xarid etishga har yilgi buyurtmalarni shakllantirishga hamda ijara to`lovlari hisobidan darsliklar va O`MQlar bilan ta'minlashning istiqbol ko`rsatkichlarni aniqlashga asos bo`ladi.

7. Xalq ta'limi vazirligi darsliklarni xarid qilishga buyurtmalarni shakllantirish uchun talabnoma shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda uni har bir umumta'lim maktabiga yetkazadi.

8. Umumta'lim maktablari, kelgusi o`quv yilida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar va O`MQlar ro`yxati hamda ijara tizimiga kiradigan darsliklar ro`yxati asosida har yili 15 sentyabrdan kechiktirmasdan kelgusi o`quv yilida o`quvchilarni darsliklar bilan ta'minlash usulini tanlash to`g`risida ota-onalar yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar orasida so`rovlar o`tkazadi.

9. Darsliklar va O`MQlarni xarid qilishga buyurtmalarni shakllantirilishi:birinchi sinf o`quvchilarini qabul qilishning istiqbol ko`rsatkichlari;maktab kutubxona jamg`armasining xatlov natijalari;o`quvchilarni darsliklar va O`MQlar bilan ta'minlash usulini tanlash to`g`risida ota-onalar yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar orasida o`tkazilgan so`rovlar (mazkur Nizomning 2-ilovasi) 
natijalari tahlillari asosida amalga oshiriladi.
O`quvchilarni darsliklar va O`MQlar bilan ta'minlash usulini tanlash to`g`risida ota-onalar yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar orasidagi so`rov, umumta'lim maktabi tomonidan ota-onalar qo`mitasi bilan birgalikda o`tkaziladi.
Bunda, mazkur so`rov maktab kutubxona jamg`armasidan darsliklar to`plami bilan bepul ravishda ta'minlanadigan o`quvchilarning ota-onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar orasida o`tkazilmaydi.

10. Umumta'lim maktabi birinchi sinf o`quvchilarini qabul qilishning istiqbol ko`rsatkichlarini aniqlashda, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mazkur umumta'lim maktabiga biriktirilgan mikrouchastkada har yili o`tkaziladigan kuzatuvlar natijalariga amal qiladi.

11. Ijtimoiy yordamga muhtoj bo`lgan oilalardagi o`quvchilarni ta'minlash uchun maktab kutubxona jamg`armasidagi darsliklar va O`MQlarga buyurtmaning bir qismi o`zini o`zi boshqarish organlarining iltimosnomasiga va taqdim etilgan ota-onalar qo`mitasining xulosasiga asosan shakllantiriladi.

12. Maktab kutubxona jamg`armasi uchun darsliklar va O`MQlarni xarid qilish uchun buyurtma loyihasi, kelgusida foydalanishga yaroqli bo`lgan va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar ro`yxatiga muvofiq bo`lgan, maktab kutubxona jamg`armasini xatlovdan o`tkazish natijasida aniqlangan darsliklar va O`MQlar soniga kamaytiriladi.Bunda, darsliklar va O`MQlarning kelgusida foydalanishga yaroqliligini baholash mezonlari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

13. Maktab kutubxona jamg`armasi uchun darsliklar va O`MQlarni xarid qilishga buyurtma loyihasi hamda darsliklar va O`MQlarni erkin sotishga istiqbol ko`rsatkichlar umumta'lim maktabiningpedagogik kengashi tomonidan muhokama qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.

14. Umumta'lim maktabi bo`yicha darsliklar va O`MQlarni xarid qilishning istiqbol kvotasi 1 oktyabrdan kechiktirmasdan qog`ozda (imzolangan va tasdiqlangan holda) hamda elektron shaklda tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limiga taqdim etiladi. 

15. Tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limi kelgusi o`quv yili uchun darsliklar va O`MQlarni xarid qilishning istiqbol kvotalarini fanlar, ta'lim tillari, darsliklar nomlari va sinflar kesimida har bir umumta'lim maktabi bo`yicha ekspertizadan o`tkazadi, ularni umumlashtiradi va har yilning 10 oktyabriga qadar tuman (shahar) bo`yicha darsliklar va O`MQlarni xarid qilishning istiqbol kvotalarini Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasiga (keyingi o`rinlarda hududiy xalq ta'limi organlari deb yuritiladi) taqdim etadi.

16. Umumta'lim maktablari (tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limlari) tomonidan taqdim etilgan darsliklar va O`MQlarning erkin sotishga istiqbol ko`rsatkichlari nashriyotlar va kitob savdo tashkilotlarning imkoniyatlarini aniqlashtirish va ko`rib chiqish uchun O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, "O`zkitobsavdota'minoti" MChJ, "Sharq ziyokori" OAJ, Xalq ta'limi vazirligi tomonidan "O`zkitobsavdo" DAK, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili (oktyabr-noyabr oylarida) barcha viloyatlar markazlarida hamda Nukus va Toshkent shaharlarida tashkil etiladigan darsliklar va O`MQlarning ixtisoslashtirilgan ko`rgazma-yarmarkalariga hududiy xalq ta'limi organlari tomonidan olib chiqariladi.

17. Hududiy xalq ta'limi organlari har bir tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limi bo`yicha darsliklar va O`MQlarni xarid qilishning istiqbol kvotalarini tahlil qiladi va ekspertizadan o`tkazadi, Jamg`arma ijrochi direksiyasining hududiy vakillari bilan birgalikda darsliklar va O`MQlarning ixtisoslashtirilgan ko`rgazma-yarmarkalarida olingan natijalarini inobatga olgan holda o`z hududlari bo`yicha umumlashtiradi, 20 noyabrdan kechiktirmasdan kelgusi o`quv yili uchun darsliklar va O`MQlarni xarid qilishning istiqbol kvotalarini fanlar, ta'lim tillari, darsliklar nomlari va sinflar kesimida tasdiqlaydi va Xalq ta'limi vazirligiga taqdim etadi.

18. Hududiy xalq ta'limi organlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida Xalq ta'limi vazirligi kelgusi o`quv yili uchun fanlar, ta'lim tillari, darsliklar nomlari va sinflar kesimida, respublika bo`yicha umumta'lim maktablari o`quvchilari uchun darsliklar va O`MQlarni xarid qilinishining istiqbol kvotalarini mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan shakllar asosida shakllantiradi hamda 1 dekabrdan kechiktirmagan holda Jamg`arma Vasiylik kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etadi.Respublika bo`yicha darsliklar va O`MQlarni xarid qilishning har yilgi istiqbol kvotalarini shakllantirishda, umumta'lim maktablari uchun tegishli hududlar, sinflar va ta'lim tillari bo`yicha buyurtmaning umumiy hajmidan 10% gacha maktab kutubxona jamg`armasining zaxirasi bo`lishi mumkin.Maktab kutubxona jamg`armasining zaxirasi buyurtma shakllantiriladigan darsliklarni ishlatilishining o`rnatilgan butun davrida sinflar va ta'lim tillari kesimida o`quvchilar kontingentining o`zgarishi bo`yicha o`tkaziladigan tahlil asosida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

19. Jamg`arma Vasiylik kengashi qarori bilan istiqbol kvotalar tasdiqlangandan so`ng Xalq ta'limi vazirligi:30 kun ichida ko`zda tutilayotgan zaxirani hisobga olgan holda tasdiqlangan istiqbol kvotalarni har bir umumta'lim maktabiga yetkazilishini tashkil etadi;Jamg`arma Vasiylik kengashining qarori bilan respublika bo`yicha darsliklar va O`MQlarni xarid qilish uchun istiqbol kvotalar tasdiqlangandan so`ng 120 kun mobaynida, biroq 1 martdan kechiktirmagan holda, qonunchilik talablari asosida umumta'lim maktablarining kutubxona jamg`armalari uchun darsliklar va O`MQlarni xarid qilish va yetkazib berish bo`yicha tender va (yoki) tanlov savdolarining o`tkazilishini tashkil etadi.
Darsliklar va O`MQlarni xarid qilish uchun tasdiqlangan istiqbol kvotalarga fanlar, darsliklar nomlari, ta'lim tillari va sinflar kesimida qo`shimchalar va o`zgartirishlar Jamg`arma Vasiylik kengashining qarorlariga asosan kiritiladi.

20. O`zbekiston matbuot va axborot agentligi yarmarkalarda tuzilgan shartnomalar bo`yicha darsliklarni chakana savdo tarmog`i orqali erkin sotishni hisobga olgan holda, Xalq ta'limi vazirligi tomonidan har yili shakllantiriladigan istiqbol kvotalari asosida, har yili 1 iyulga qadar zarur hajmlar va nomlardagi darsliklar hamda O`MQlar chiqarilishini tashkil etishni ta'minlaydi.

21. Xalq ta'limi vazirligi ko`zda tutiladigan zaxirani hisobga olgan holda mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq har bir hududiy xalq ta'limi organi bo`yicha darsliklar va O`MQlarning taqsimotini tuzadi va har yili 1 avgustgacha xarid etilgan darsliklar va O`MQlarni har bir umumta'lim maktabiga yetkazilishini ta'minlaydi.

22. Xalq ta'limi vazirligining taqsimoti asosida hududiy xalq ta'limi organlari tuman (shahar)lar xalq ta'limi bo`limlari bo`yicha, tuman (shahar)lar xalq ta'limi bo`limlari esa tegishli ravishda har bir umumta'lim maktabi bo`yicha taqsimotni tuzadi.

23. Darsliklar va O`MQlarni erkin sotishning istiqbol ko`rsatkichlaridan kelib chiqqan holda Xalq ta'limi vazirligi nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob-savdo tashkilotlarining talabnomasiga asosan chakana savdo tarmog`i orqali sotiladigan darsliklarni ishlab chiqarish uchun kvotalar hajmining taqsimotini amalga oshiradi, hamda Jamg`arma Vasiylik kengashi tomonidan istiqbol kvotalari tasdiqlangandan so`ng 15 kun ichida chakana savdo tarmog`i orqali sotiladigan darsliklarni ishlab chiqarish uchun taqsimlangan kvotalar hajmlari to`g`risidagi ma'lumotlarni hududlar va umumta'lim maktablari kesimida tegishli nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob-savdo tashkilotlariga yetkazadi.

24. Darsliklar va O`MQlarni erkin sotishning tasdiqlangan istiqbol ko`rsatkichlari asosida nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob-savdo tashkilotlari mustaqil ravishda chakana savdo tarmog`i orqali sotiladigan darsliklar va O`MQlarning nashr etilishini, qoidaga ko`ra, o`z mablag`lari hisobidan tashkil etadi.

25. Chakana savdo tarmog`i orqali sotish uchun nashr etilgan darsliklar va O`MQlar "O`zkitobsavdo" DAK va uning hududiy bo`linmalari, "O`zkitobsavdota'minoti" MChJ, "Sharq ziyokori" OAJ, shuningdek boshqa kitob-savdo tashkilotlari tomonidan shaharlarda, tuman markazlarida va uzoq joylashgan aholi punktlarida aholiga darsliklar va O`MQlarni sotish uchun maxsuslashtirilgan savdo tarmoqlarida, shu jumladan maktab bozorlari va yarmarkalarini tashkil etish yo`li bilan sotiladi.

26. Darsliklar va O`MQlarni xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan Jamg`armaning boshqa xarajatlari to`lovlari belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G`aznachiligi tomonidan Jamg`arma mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.


III. UMUMTA`LIM MAKTABLARINING ALOHIDA 
TOIFADAGI O`QUVCHILARINI DAVLAT BYUDJETI 
MABLAG`LARI HISOBIDAN DARSLIKLAR VA 
O`MQLAR BILAN ANIQ MANZILLI TA`MINLASh


27. Darsliklar va O`MQlarni xarid qilish va yetkazib berish xarajatlarini qoplash uchun davlat byudjetining mablag`lari quyidagi yo`nalishlar bo`yicha ajratiladi:davlat va nodavlat umumta'lim maktablarining birinchi sinf o`quvchilari uchun;"Mehribonlik" uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarining tarbiyalanuvchilari bo`lgan o`quvchilar uchun;ijtimoiy yordamga muhtoj bo`lgan oilalardagi umumta'lim maktablari o`quvchilari uchun;ijara tizimini darsliklar va O`MQlar bilan birlamchi ta'minlash uchun.

28. Mazkur Nizomning 27-bandida ko`rsatib o`tilgan o`quvchilarni davlat byudjeti mablag`lari hisobidan aniq manzilli ta'minlash uchun mo`ljallangan va umumta'lim maktabi tomonidan uning buyurtmasi asosida qabul qilingan barcha darsliklar va O`MQlar, o`rnatilgan tartibda maktab kutubxona jamg`armasiga kirim qilinishi lozim.

29. Birinchi sinf o`quvchilari bepul foydalanish uchun maktab kutubxona jamg`armasi hisobidan darsliklar va O`MQlarning to`liq to`plami bilan ta'minlanadi.Olingan darsliklar va O`MQlar, o`quv yili yakunida, keyinchalik hisobdan chiqarish va utilizasiya qilish uchun to`liq hajmda (ish daftarlari bundan mustasno) kutubxonaga qaytariladi.

30. "Mehribonlik" uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarining tarbiyalanuvchilari bo`lgan o`quvchilar maktab kutubxona jamg`armasidan tegishli sinf va ta'lim tili bo`yicha darsliklarning to`liq to`plami bilan bepul ta'minlanadi.

31. Umumta'lim maktablarining jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanish nuqsonlari mavjud bo`lgan o`quvchilarini darsliklar va O`MQlar bilan ta'minlanishi, keyinchalik foydalanishga yaroqli bo`lgan mavjud darsliklar va O`MQlarni hisobga olgan holda, maktab kutubxona jamg`armasini yangilash va to`ldirish yo`li bilan amalga oshiriladi.

32. O`quv jarayonida o`quvchilarga bepul foydalanish uchun berilgan darsliklar o`quv yili yakunida to`liq hajmda maktab kutubxonasiga qaytariladi.

33. Kelgusi o`quv yili uchun ijtimoiy yordamga muhtoj bo`lgan oilalardagi o`quvchilar ro`yxati har yili 1 sentyabrga qadar aniqlashtiriladi va o`zini o`zi boshqarish organlarining iltimosnomasi va taqdim etilgan ota-onalar qo`mitasining xulosasi asosida umumta'lim maktabining pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Ijtimoiy yordamga muhtoj bo`lgan oilalardagi o`quvchilar davlat byudjeti mablag`lari hisobidan xarid etilgan darsliklarning to`liq to`plamini berish yo`li bilan maktab kutubxona jamg`armasidan darsliklar bilan ta'minlanadi.

34. O`quvchi boshqa umumta'lim maktabiga o`tganida, o`quvchini mazkur umumta'lim maktabidan o`tkazilishi to`g`risidagi buyruq chiqarilgandan so`ng, uch kunlik muddatda, unga vaqtinchalik 
foydalanishga berilgan darsliklar to`liq hajmda maktab kutubxona jamg`armasiga qaytarilishi lozim.Bunda umumta'lim maktabi ma'muriyati tomonidan mazkur o`quv yiliga o`quvchi davlat byudjeti mablag`lari hisobidan darsliklarning to`liq to`plami bilan ta'minlanishi lozimligi to`g`risida unga ma'lumotnoma beriladi.O`quvchi boshqa umumta'lim maktabiga kelganida, umumta'lim maktabi ma'muriyatiga ko`rsatib o`tilgan ma'lumotnomani taqdim etadi va maktab kutubxona jamg`armasidan darsliklar bilan bepul ta'minlanadi.

35. Boshqa umumta'lim maktabida darsliklar to`plamlarining yetishmovchiligi mavjud bo`lganda, yangidan kelgan o`quvchi zarur darsliklar to`plami bilan mazkur Nizomning V bobida belgilangan tartibda ta'minlanadi.

36. Umumta'lim maktablari o`qituvchilari, tegishli ta'lim tilidagi sinflarda tegishli fanlar bo`yicha darslarni o`tkazish uchun zarur bo`lgan darsliklar va O`MQlar bilan maktab kutubxona jamg`armasining zaxirasi hisobidan bepul ravishda ta'minlanadi.

37. O`qituvchilarga bepul foydalanish uchun berilgan darsliklar va O`MQlar o`quv yili yakunida to`liq hajmda maktab kutubxonasiga qaytariladi.

38. Darsliklar o`quvchilarga va (yoki) o`qituvchilarga foydalanishga berilganda kutubxonachi tomonidan darsliklarda belgilangan tartibda tegishli qaydlar qo`yiladi.

39. O`quvchilar va o`qituvchilarga bepul ravishda berilgan va maktab kutubxonasiga qaytarilgan darsliklar va O`MQlarning hisob-kitobining yuritilishi va ro`yxatga olinishi mazkur Nizom asosida 
amalga oshiriladi.


IV. DARSLIKLARNI IJARAGA BERISH VA ULAR 
BO`YICHA HISOB-KITOBLARNI AMALGA OSHIRISH


40. Ijara tizimiga kiradigan darsliklar ro`yxati har yili Jamg`arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi va 1 avgustga qadar kelgusi o`quv yiliga darsliklar va O`MQlarni xarid qilishga istiqbol kvotalarni shakllantirish uchun umumta'lim maktablariga yetkaziladi.

41. O`quvchilarga Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ijara tizimida foydalanish uchun tavsiya etilgan darsliklar ijaraga beriladi.

42. Darsliklar to`plami uchun sinflar va ta'lim tillari kesimida ijara to`lovi respublika bo`yicha yagona bo`ladi, uning miqdori va to`lash shakli Jamg`arma Vasiylik kengashi tomonidan o`rnatiladi va 25 avgustdan kechiktirmagan holda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.

43. Darsliklarning to`plami uchun ijara to`lovi miqdori tegishli miqdordagi darsliklar va O`MQlarni kelgusida xarid qilish va yetkazib berish uchun zarur bo`ladigan mablag`larning istiqbol hajmi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda olinadigan va amalga oshiriladigan Jamg`armaning istiqbol daromadlari va xarajatlaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.Bunda, darsliklar to`plamlari uchun ijara to`lovi miqdorlarini aniqlashda istiqbol ko`rsatkichlar qo`llanganligi sababli, tegishli o`quv yilida ijara to`lovi miqdorlarining hisoblashda kamchiliklar mavjud bo`lishi va buning natijasida ijara tushumlari ortiqcha yoki kam tushishi mumkin.Belgilangan ijara to`lovlari hisobidan yig`ilgan mablag`larning ortiqcha yoki kam tushganligi aniqlanganda, mazkur ortiqcha yoki kam olingan summa kelgusi o`quv yilida tegishli sinf va ta'lim tili bo`yicha ijara to`lovlari miqdorlarini hisoblashda kamaytirish yoki oshirish yo`li bilan hisobga olinadi.

44. Darsliklar to`plami uchun ijara to`lovining to`lovchilari sifatida o`quvchilarning ota-onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar bo`ladi.

45. Ijaraga darsliklarning berilishi umumta'lim maktabi ma'muriyati va o`quvchilarning ota-onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar orqali mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shartnoma tuzish yo`li bilan amalga oshiriladi.Bunda darsliklarni o`quvchilarga va (yoki) o`qituvchilarga foydalanishga berilganligi to`g`risida kutubxonachi tomonidan albatta darsliklarda tegishli qaydlar qo`yiladi.

46. Ijara to`lovining belgilangan miqdori har yilning 30 sentyabriga qadar to`liq hajmda to`lanadi. Zarurat bo`lganda, o`quvchilarning ota-onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar vaqtinchalik pul mablag`larining yo`qligi sababli ijara to`lovi muddatini uzaytirish to`g`risida umumta'lim maktabi ma'muriyatiga murojaat qilishi mumkin.Umumta'lim maktabi vasiylik kengashi qarori va ma'muriyati buyrug`i asosida to`lov muddati uzaytirilishi mumkin, bunda mazkur to`lovning 50 foizi joriy yilning 30 sentyabrgacha, qolgan qismi - 30 noyabrgacha to`lanilishi lozim.

47. Darsliklar to`plami uchun ijara to`lovlari quyidagicha amalga oshiriladi:a) yoxud, umumta'lim maktabining maxsus hisob raqamiga o`tkazish uchun umumta'lim maktabi yoki bankning kassasiga naqd pul mablag`lari bilan to`lash yo`li bilan.Umumta'lim maktabi kassasiga ijara to`lovining to`langanligi umumta'lim maktabining muhri yoki kassa apparatining izi bilan hamda umumta'lim maktabining buxgalteri va kassir vazifasini bajaruvchi mas'ul shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan kirim-kassa orderi va kvitansiya bilan rasmiylashtiriladi. Bunda, kirim-kassa orderi umumta'lim maktabining buxgalteriyasida qoldiriladi, kvitansiya esa o`quvchilarning ota-onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslarga yoxud homiylarga taqdim etiladi.Ijara to`lovidan yig`ilgan naqd pul mablag`lari uch bank ish kuni mobaynida umumta'lim maktabining kassiri tomonidan o`rnatilgan tartibda ularni keyinchalik umumta'lim maktabining maxsus hisob raqamiga o`tkazish uchun tegishli bankka topshiriladi.Ijara to`lovi naqd pul ko`rinishida bankka topshirilganda, bank tomonidan berilgan va to`lovni tasdiqlaydigan kvitansiyaning nusxasi tegishli umumta'lim maktabining buxgalteriyasiga taqdim etiladi.
b) yoxud, o`quvchilar ota-onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hisobiga tashkilotlar, shuningdek homiylarning hisob raqamlaridan, ularning plastik kartochkalari va (yoki) jamg`arma (omonat) raqamlaridan pul ko`chirish yo`li bilan.Bunda, ijara to`lovining to`langanligi bankning tegishli belgisi bilan tasdiqlangan to`lov topshiriqnomasining nusxasini yoki terminal chekining nusxasini umumta'lim maktabining buxgalteriyasiga taqdim etish yo`li bilan tasdiqlanadi.

48. Ijara to`lovlari to`langanligini tasdiqlovchi to`lov hujjatlarda o`quvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, sinfi va ta'lim tili, tegishli o`quv yili hamda umumta'lim maktabining raqami va uning hududiy mansubligi albatta ko`rsatiladi.

49. Darsliklar uchun ijara to`lovlari sifatida kelib tushgan naqd va naqdsiz pul mablag`larini va boshqa tushumlarni umumta'lim maktabining ehtiyojlariga, shuningdek boshqa maqsadlarga sarflash taqiqlanadi.

50. Ijara tizimiga kiradigan darsliklar o`quvchilarga tegishli sinf va ta'lim tili bo`yicha to`liq to`plamda quyidagi tartibda berilishi lozim:
a) ijara asosida darsliklardan foydalanadigan o`quvchilarga, tegishli shartnoma tuzilib, mazkur Nizomning 46-bandiga muvofiq ijara to`lovi to`langandan so`ng.Bunda ijara to`lovlarini to`langanligini tasdiqlovchi to`lov hujjatlarining nusxalari umumta'lim maktabining kutubxonachisiga taqdim etiladi va maktab kutubxona jamg`armasidan o`quvchilarga darsliklarning tegishli to`plamini berishga asos bo`ladi.
b) darsliklardan bepul ravishda foydalanadigan o`quvchilarga tegishli shartnoma tuzilgandan so`ng.Darsliklarni to`liqsiz to`plamda ijaraga berishga yo`l qo`yilmaydi.

51. Darsliklar to`plami uchun ijara to`lovi to`langandan keyin o`quvchi boshqa umumta'lim maktabiga o`tganida, unga vaqtinchalik foydalanishga berilgan darsliklar to`plami maktab kutubxona 
jamg`armasiga qaytarilishi lozim.Bunda, to`langan ijara to`lovi qaytarilmaydi va boshqa umumta'lim maktabida o`quvchini xuddi shunday darsliklar to`plami bilan ijara asosida ta'minlanishi ijara to`lovi olinmasdan amalga oshiriladi. Ijara to`lovining to`langanligi to`lov hujjati nusxasi va oldingi umumta'lim maktabining ma'lumotnomasi bilan tasdiqlanishi lozim.

52. Darsliklar yoki O`MQlardan foydalanish usulidan qat'i nazar, ularni yo`qotish yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga keltirish holatlarida o`quvchilarning ota-onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o`qituvchilar zararni xuddi shunday darslik va (yoki) O`MQlar bilan qoplaydi, yoxud birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko`rsatilgan uning qiymatini quyidagi miqdorlarda to`laydi:
a) umumta'lim maktabi birinchi sinf o`quvchilarining har bir darslik va (yoki) O`MQlar uchun - bir baravari miqdorida;
b) 2 - 4 sinf o`quvchilarining har bir darslik va (yoki) O`MQlar uchun - ikki baravari miqdorida;
v) 5 - 9 sinf o`quvchilarining har bir darslik va (yoki) O`MQlar uchun - to`rt baravari miqdorida.

53. Darsliklarni ijara tizimi bilan bog`liq ma'lumotlar bilan o`quvchilar ota-onalarini yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylarni ta'minlash maqsadida, umumta'lim maktabi ma'muriyati, mazkur umumta'lim maktabining ko`rinarli va qulay joylarida joriy o`quv yili uchun ijara to`lovi miqdorlari, darsliklar to`plamlarini foydalanishga berish va ijara to`lovini to`lash tartibi, umumta'lim maktabi va foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini ko`rsatgan holda, darsliklar to`plamlaridan foydalanish shartlari va muddatlari to`g`risida ma'lumotlarni joylashtiradi.

54. Tegishli o`quv yili uchun ortiqcha to`langan ijara to`lovlari yoki noto`g`ri o`tkazilgan mablag`lar mavjud bo`lganda, umumta'lim maktabi yozma ravishda Jamg`arma ijrochi direksiyasiga murojaat qiladi.
Umumta'lim maktabining murojaatiga asosan Jamg`arma ijrochi direksiyasining hududiy vakili joyga chiqib, mazkur murojaatning asosliligini o`rganadi va ma'lumotnomani tuzib, uni Jamg`arma ijrochi direksiyasiga taqdim etadi.Ortiqcha to`langan ijara to`lovlari hamda noto`g`ri o`tkazilgan mablag`lar mavjudligi tasdiqlanganida, mablag`larning qaytarilishi Jamg`arma ijrochi direksiyasi tomonidan tijorat bankida ochilgan Jamg`armaning jamg`arma raqamidan umumta'lim maktabining maxsus hisob raqamiga tegishli mablag`larni o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.O`quvchilar ota-onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar tomonidan ortiqcha to`langan ijara to`lovlarni hamda noto`g`ri o`tkazilgan mablag`larni umumta'lim maktabining maxsus hisob raqamidan keyinchalik qaytarilishi, bevosita umumta'lim maktabi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 



V. DARSLIKLAR VA O`MQLARNI QAYTA TAQSIMLASH


55. O`quvchilarning darsliklarga bo`lgan ehtiyojini to`liq qondirish uchun maktab kutubxona jamg`armasida darsliklarning yetishmovchiligi mavjud bo`lganda, umumta'lim maktabining ma'muriyati, qo`shimcha darsliklar to`plamlarini ajratish to`g`risida darsliklarni foydalanishga berish shartini, zarur bo`lgan sonini, sinfi va ta'lim tilini aniq ko`rsatgan holda, tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limiga yozma ravishda murojaat qiladi.

56. Umumta'lim maktablarining murojaatiga asosan, tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limi umumta'lim maktablari bo`yicha sinflar va ta'lim tillari kesimida o`quvchilar kontingentini va ularning darsliklar bilan ta'minlanishini tahlil qiladi.Tahlil natijasida tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limi tegishli tuman (shahar) hududi doirasida umumta'lim maktablari orasida darsliklar to`plamlarini qayta taqsimlash to`g`risida tegishli buyruq chiqaradi. Umumta'lim maktablari tomonidan darsliklar to`plamlarining berilishi va qabul qilinishi ular orasida rasmiylashtiriladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada nazarda tutilgan qonunchilik talablari bilan bir qatorda, darsliklarni foydalanishga berish tartibi albatta ko`rsatilgan holda ularni 20 iyungacha (o`quv yili tugagandan so`ng) qaytarish sharti bilan darsliklarning to`liq to`plamlarini vaqtinchalik foydalanishga berilishi ham ko`zda tutiladi.
Mazkur holatda umumta'lim maktabi tomonidan ijaraga berish sharti bilan vaqtinchalik foydalanishga olingan darsliklar uchun ijara to`lovlari o`quvchining ota-onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar tomonidan darsliklari foydalanishga bergan umumta'lim maktabining maxsus hisob raqamiga to`lanadi.

57. Darsliklar to`plamlari tuman (shahar) bo`yicha yetishmovchiligi mavjud bo`lganida, tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limi tegishli hududiy xalq ta'limi organiga qo`shimcha darsliklar to`plamlarini ajratish to`g`risida zarur bo`lgan soni, sinfi va ta'lim tilini aniq ko`rsatgan holda yozma ravishda murojaat qiladi.

58. Tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limlarining murojaatlariga asosan hududiy xalq ta'limi organlari tuman (shahar)lar, sinflar va ta'lim tillari hamda darsliklarni foydalanishga berish shartlari kesimida o`quvchilar kontingentini va ularning darsliklar bilan ta'minlanishini tahlil qiladi.Tahlil natijasida, hududiy xalq ta'limi organlari har yili tuman (shahar)lar orasida darsliklar to`plamlarini qayta taqsimlaydi.Ikki va undan ko`proq tuman (shahar)lar orasida darsliklar to`plamlarining qayta taqsimlanishi hududiy xalq ta'limi organining tegishli buyrug`i asosida amalga oshiriladi hamda darsliklarni bir umumta'lim maktabining balansidan boshqa umumta'lim maktabining balansiga beg`araz o`tkazilishini hisobga olgan holda umumta'lim maktablari orasida tegishli buxgalterlik hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur holatda darsliklar uchun ijara to`lovlari darsliklarni o`zining balansiga qabul qilgan umumta'lim maktabining maxsus raqamiga to`lanadi. 

59. Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri umumta'lim maktablari orasida darsliklar to`plamlarining qayta taqsimlanishi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan mazkur Nizomning 58-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


VI. MAKTAB KUTUBXONA JAMG`ARMASINING 
DARSLIKLAR VA O`MQLARINI QABUL QILISHNI 
VA HISOBDAN CHIQARILISHINING 
HISOB-KITOBINI YURITISH


60. Umumta'lim maktablarining kutubxonachilari maktab kutubxona jamg`armasining darsliklar va O`MQlarini qabul qilishni va hisobdan chiqarilishining tegishli hisob-kitobini, ularning hakllantirilishi va foydalanilishini, hisobi va saqlanilishini, xatlovdan o`tkazilishini, hisob-kitob hujjatlarining mavjudligini va harakatini, statistika hisob-kitobini yuritilishini ta'minlaydi, shuningdek o`quvchilar o`rtasida darsliklarni avaylab asrash tuyg`usini rivojlantirishga yo`naltirilgan tarbiyaviy ishlarni olib boradi.

61. Maktab kutubxona jamg`armasining darsliklari va O`MQlarning hisob-kitobi o`z ichiga darsliklar va O`MQlarni qabul qilish, ularni markirovkalash, qabul qilishda, joydan joyga o`tkazishda va hisobdan chiqarishda ro`yxatga olish hamda darsliklar va O`MQlarning jamg`armada mavjudligini tekshirishni oladi. Bunda, darsliklar va O`MQlarni qabul qilinishi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi umumta'lim maktabining kutubxonasiga darsliklar va O`MQlarni qabul qilish to`g`risidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.

62. Poligrafik nuqsonlari va (yoki) boshqa kamchiliklari mavjud bo`lgan darsliklar va O`MQlar keyinchalik ularni tegishli nashriyot va (yoki) nashriyot-poligrafik tashkilotiga qaytarish uchun, qabul 
qilingandan so`ng uch kun mobaynida umumta'lim maktabi tomonidan darsliklar va O`MQlarni etkazib beruvchi tashkilotlarga qaytariladi. 

63. Kamchiliklari mavjud bo`lgan darsliklar va O`MQlarning almashtirilishi va keyinchalik ularni umumta'lim maktabiga yetkazib berilishi Xalq ta'limi vazirligi bilan nashriyotlar va (yoki) nashriyot-poligrafik tashkilotlar orasida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.

64. Umumta'lim maktabining kutubxonasi:ijara tizimiga kiradigan darsliklarning umumiy hisob-kitobini;ijara tizimiga kirmaydigan darsliklarning umumiy hisob-kitobini;maktab kutubxona jamg`armasidagi barcha turdagi darsliklarning umumiy hisob-kitobini;maktab kutubxona jamg`armasiga qabul qilinadigan O`MQlarning o`rnatilgan hisob birliklarda umumiy va individual hisob-kitobini yuritadi.

65. Hisob-kitoblarning to`g`ri yuritilishini tashkil etish va maktab kutubxona jamg`armasi bo`yicha me'yorlar va talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish, shuningdek maktab kutubxona jamg`armasining darsliklar va O`MQlarning hisob-kitobi qoidalari bajarilishi uchun sharoitlarni tashkil etish bo`yicha javobgarlik, lavozim yo`riqnomasiga asosan kutubxona mudiriga 
(kutubxonachiga) yuklatiladi.

66. Maktab kutubxona jamg`armasiga qabul qilinadigan darsliklar va O`MQlarning barcha turdagi nashri markalanadi (shtempellanadi), shuningdek asosiy darslik va O`MQlarga ilova qilinadigan barcha turdagi materiallar markalanadi, ularga ham o`sha belgi (rekvizit) qo`yiladi.

67. Darsliklarning umumiy hisob-kitobi va O`MQlarning umumiy hisob-kitobi alohida yuritiladi.

68. Maktab kutubxona jamg`armasiga qabul qilinadigan yoki hisobdan chiqariladigan darsliklar va O`MQlarning umumiy hisob-kitobi bitta birlamchi hujjat (hisob-fakturasi, yuk xati, dalolatnoma, 
reestr) asosida alohida partiyalar bo`yicha amalga oshiriladi.

69. Quyidagilar darsliklarni umumiy hisob-kitobi shakllari bo`ladi:maktab kutubxona jamg`armasidagi ijara tizimiga kiradigan darsliklarning umumiy hisob-kitobini yuritish kitobi (mazkur Nizomga 6-ilova);maktab kutubxona jamg`armasidagi ijara tizimiga kirmaydigan darsliklarning umumiy hisob-kitobini yuritish kitobi (mazkur Nizomga 7-ilova);maktab kutubxona jamg`armasidagi barcha turdagi darsliklarning umumiy hisob-kitobini yuritish kitobi (mazkur Nizomga 8-ilova).

70. Maktab kutubxona jamg`armasiga qabul qilinadigan va hisobdan chiqariladigan O`MQlarning umumiy hisob-kitobi badiiy, bilim orttirish, turli ma'lumotlar beradigan, metodik adabiyotlar hisob-kitobini yuritish uchun mo`ljallangan maktab kutubxona jamg`armasining umumiy hisob-kitobini yuritish kitobida yuritiladi (mazkur Nizomga 9-ilova).

71. Maktab kutubxona jamg`armasi darsliklarining hisob-kitobini yuritish kitoblarini, badiiy, bilim orttirish, turli ma'lumotlar beradigan, metodik adabiyotlar hisob-kitobini yuritish uchun mo`ljallangan maktab kutubxona jamg`armasining umumiy hisob-kitobini yuritish kitobini va inventar kitobini qayta to`ldirish taqiqlanadi hamda faqatgina tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limi mudirining buyrug`i asosida favqulodda holatlarda ruxsat etiladi.

72. Har bir O`MQlar nusxasining yoki nomining individual hisob-kitobi individual inventar raqamini berish yo`li bilan amalga oshiriladi.Individual raqam maktab kutubxona jamg`armasida O`MQlarning bo`lgan butun davrida unga biriktiriladi.

73. O`quv va boshqa adabiyotlarning individual hisob-kitob shakli sifatida inventar kitobi (mazkur Nizomning 10-ilovasi) hisoblanadi va u qat'iy hisobotning asosiy hujjati sifatida doimo saqlanishi zarur.

74. Maktab kutubxona jamg`armasidan darsliklarning hisobdan chiqarilishi, mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq maktab kutubxona jamg`armasidan darsliklarning hisobdan chiqarilishi to`g`risidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va maktab kutubxona jamg`armasidagi: ijara tizimiga kiradigan darsliklarni umumiy hisob-kitobini yuritish kitobi;ijara tizimiga kirmaydigan darsliklarni umumiy hisob-kitobini yuritish kitobi;maktab kutubxona jamg`armasi barcha turdagi darsliklarning umumiy hisob-kitobini yuritish kitobida aks ettiriladi.

75. O`MQlarning maktab kutubxona jamg`armasidan hisobdan chiqarilishi mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq maktab kutubxona jamg`armasidan O`MQlarning hisobdan chiqarish to`g`risidagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va badiiy, bilim orttirish, turli ma'lumotlar beradigan, metodik adabiyotlar hisob-kitobini yuritish uchun mo`ljallangan maktab kutubxona jamg`armasining umumiy hisob-kitob kitobida aks ettiriladi.

76. Har bir dalolatnomada quyidagi sabablardan biriga asosan hisobdan chiqariladigan darsliklar va O`MQlar to`g`risida ma'lumotlar qayd etiladi: eskirganligi (jismonan eskirish), nuqsoni bo`lganligi, mazmuni eskirganligi, profilga oid bo`lmaganligi, yo`qolganligi (yo`qolgan holatini aniq ko`rsatgan holda - kutubxona jamg`armasidan yo`qolganligi, foydalanuvchilar tomonidan yo`qotilganligi, o`g`irlanganligi, tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega bo`lgan hodisalar natijasida yo`qolganligi, aniqlanmagan sabablarga ko`ra yo`qolganligi (kamomad)).

77. Maktab kutubxona jamg`armasidan darsliklar va O`MQlarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari umumta'lim maktabining direktori tomonidan tasdiqlanadi.

78. Ochiq foydalaniladigan jamg`armalardan aniqlanmagan sabablarga ko`ra o`quv-metodik adabiyotlarni hisobdan chiqarish me'yori foydalanishga beriladigan darsliklar hajmidan 0,1% ko`p 
bo`lmasligi lozim.

79. Maktab kutubxona jamg`armasidan darsliklarni hisobdan chiqarish me'yori mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq belgilanadi.

80. Hisobdan chiqarilgan darsliklar va O`MQlar to`g`risida ma'lumot barcha hisob-kitob shakllarida - inventar kitobida, maktab kutubxona jamg`armasini umumiy hisob-kitob qilish kitoblarida, kataloglarda, kartotekalarda aks ettiriladi va bu to`g`risida hisobdan chiqarish dalolatnomasida tegishli qaydlar qilinadi.

81. Foydalanuvchilar tomonidan yo`qotilgan va ularning aybi bilan foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan darsliklar va O`MQlar o`rniga qabul qilingan darsliklar va O`MQlar "Yo`qotilgan darsliklar o`rniga foydalanuvchilardan olingan kitoblar va boshqa hujjatlar hisob-kitobini yuritish Daftari"da aks ettiriladi. Mazkur Daftarda qilingan qaydlar asosida foydalanuvchilar tomonidan yo`qotilgan darsliklar va O`MQlarni hisobdan chiqarish va teng qiymatli deb e'tirof etilgan darsliklar va O`MQlarni qabul qilish to`g`risida (mazkur Nizomning 13-ilovasi) dalolatnomalar tuziladi va bular badiiy, bilim orttirish, turli ma'lumotlar beradigan, metodik adabiyotlar hisob-kitobini yuritish uchun mo`ljallangan maktab kutubxona jamg`armasining umumiy hisob-kitobini yuritish kitobida va barcha turdagi darsliklarning umumiy hisob-kitobini yuritish kitobida qayd etiladi.Foydalanuvchilar tomonidan yo`qotilgan va ularning aybi bilan foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan darsliklar va O`MQlar o`rniga pul mablag`larining qabul qilinishi mazkur Nizomning 47 va 52-bandlarida belgilangan tartib va miqdorlarda amalga oshiriladi.

82. "Yo`qotilgan darsliklar o`rniga foydalanuvchilardan olingan kitoblar va boshqa hujjatlar hisob-kitobini yuritish Daftari"da har bir qayd o`zining alohida tartib raqamiga ega bo`ladi hamda foydalanuvchi va kutubxonachining imzolari bilan tasdiqlanadi.

83. Umumta'lim maktabining kutubxona mudiri (kutubxonachisi) o`quvchilar o`rtasida darsliklarni avaylab asrash tuyg`usini rivojlantirishga yo`naltirilgan tarbiyaviy ishlarni olib boradi. 

84. Homiylik yordami sifatida umumta'lim maktablariga taqdim etilgan yoki byudjetdan tashqari mablag`lar hisobidan umumta'lim maktablari tomonidan xarid etilgan darsliklar va O`MQlar, umumta'lim maktablariga qabul qilingan paytdan uch kundan kechiktirmagan muddatda manbai ko`rsatilgan holda maktab kutubxona jamg`armasida alohida hisobga olinadi.



VII. MAKTAB KUTUBXONA JAMG`ARMASINING 
DARSLIKLAR VA O`MQLARINI XATLOVDAN O`TKAZISh, 
KEYINCHALIK FOYDALANISHGA YAROQSIZ HOLATGA 
KELGAN DARSLIKLAR VA O`MQLARNI TANLAB 
OLISH VA UTILIZASIYA QILISH


85. Xalq ta'limi vazirligi har yili 1 iyungacha maktab kutubxona jamg`armalaridan hisobdan chiqarilishi lozim bo`lgan darsliklar va O`MQlarning ro`yxatini (nashr yili, nomi va muallifi aniq ko`rsatilgan holda) aniqlaydi va tegishli buyruq bilan uni tasdiqlaydi. Mazkur buyruq va hisobdan chiqarilishi lozim bo`lgan darsliklar va O`MQlarning ro`yxati ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi va umumta'lim maktablarigacha yetkaziladi.

86. Kutubxonada darsliklar va O`MQlarni haqiqatda mavjudligini aniqlash maqsadida kutubxona jamg`armasini hisob-kitob hujjatlar bilan solishtirish va jamg`arma hisobidan chiqarish uchun tanlab olish yo`li bilan darsliklar va O`MQlarning maktab kutubxona jamg`armalari har yili 1 iyulgacha xatlovdan o`tkaziladi.

87. Umumta'lim maktabining kutubxonasida xatlovlar maktab kutubxona jamg`armasini xatlovdan o`tkazish to`g`risida buyruqni chiqarish va tarkibi kutubxona mudiri (kutubxonachi), umumta'lim 
maktabining ma'muriyati, jamoat tashkilotlari, buxgalteriya vakillaridan iborat bo`lgan komissiyani tayinlash yo`li bilan amalga oshiriladi.

88. Darsliklar va O`MQlarning yo`qotilganligi aniqlanganda, mazkur Nizomning 52-bandi bilan o`rnatilgan tartibda zararni qoplash bo`yicha choralar ko`riladi.Darsliklar va O`MQlarning ortiqchasi o`rnatilgan tartibda maktab kutubxona jamg`armasiga kirim qilinadi.

89. Tekshirish tushuntirish xati bilan dalolatnomani va mavjud bo`lmagan nashrlar ro`yxatini (mazkur Nizomning 14-ilovasi) tuzish bilan yakunlanadi.

90. Umumta'lim maktablari, zarurat bo`lganda, hisobdan chiqarilishi lozim bo`lgan darsliklar va O`MQlarning 5% gacha bo`lgan miqdorini, o`qituvchilar tarkibi va o`quvchilar tomonidan foydalanish uchun, kutubxonalarning ixtiyorida qoldirishlari mumkin. Kelgusida foydalanishga yaroqli bo`lgan va kelgusi o`quv yiliga foydalanish uchun tavsiya etilgan darsliklar va O`MQlar ro`yxatiga muvofiq keladigan darsliklar va O`MQlar ham maktab kutubxona jamg`armasida qoldiriladi.

91. Hisobdan chiqarish uchun belgilangan darsliklar va O`MQlar alohida xonaga joylashtiriladi va vakolatli shaxslarga topshirilishiga qadar shu yerda saqlanadi.

92. Darsliklar va O`MQlar har o`quv yilining 1 sentyabridan keyin, biroq 10 oktyabrdan kechiktirmagan holda darsliklar maktab kutubxona jamg`armasining hisob-kitob hujjatlaridan, inventar kitoblardan, kutubxona kataloglaridan ro`yxatdan chiqarish yo`li bilan hisobdan chiqariladi, shuningdek umumta'lim maktabining balansida bo`lgan ularning qiymati ham hisobdan chiqariladi.

93. Maktab kutubxona jamg`armasidan darsliklar va O`MQlarni hisobdan chiqarish dalolatnomalari va ularga ilova qilingan ro`yxatlar 3 yil davomida saqlanadi va shundan keyin belgilangan tartibda yo`q qilinadi.

94. Tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limlari utilizasiya qilinadigan darsliklar va O`MQlar hajmi to`g`risida tuman (shahar)ning barcha umumta'lim maktablari bo`yicha ma'lumotlarni umumlashtiradi va hududiy xalq ta'limi organlariga taqdim etadi.

95. "O`quv ta'lim ta'minot" davlat unitar korxonasining hududiy bo`limlari utilizasiya qilinadigan darsliklar va O`MQlarni Xalq ta'limi vazirligining tizimiga kiradigan umumta'lim maktablaridan olib chiqish uchun hududiy xalq ta'limi organlari bilan hamda boshqa vazirliklar va idoralar tizimiga kiradigan umumta'lim maktablari bilan utilizasiya qilinadigan darsliklar va O`MQlarni olib chiqish to`g`risida shartnomalar tuzadi.Bunda, utilizasiya qilinadigan darsliklar va O`MQlarning olib chiqilishi har bir umumta'lim maktabidan "O`quv ta'lim ta'minot" davlat unitar korxonasining hududiy bo`limlari tomonidan har yili 10 oktyabrgacha amalga oshiriladi.

96. Utilizasiya qilinadigan darsliklar va O`MQlarni olib chiqishda mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq topshiriladigan partiyaning vazni ko`rsatilgan holda maktab kutubxona jamg`armasidan 
hisobdan chiqariladigan va utilizasiya qilinadigan darsliklar va O`MQlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.

97. "O`quv ta'lim ta'minot" davlat unitar korxonasining hududiy bo`limlari qog`oz mahsulotlarni qayta ishlash uchun qabul qiladigan tashkilot bilan tegishli shartnoma tuzadi va utilizasiya qilinadigan darsliklar va O`MQlarni unga topshiradi.Bunda, qog`oz mahsulotlarni qayta ishlash uchun qabul qiladigan tashkilotning tanlovi "O`quv ta'lim ta'minot" davlat unitar korxonasining hududiy bo`limlari tomonidan qonunchilikda o`rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

98. Hisobdan chiqarilgan darsliklar va O`MQlarni utilizasiyaga topshirishdan olingan mablag`lar "O`quv ta'lim ta'minot" davlat unitar korxonasi hududiy bo`limlarining hisob raqamlariga o`tkazib qo`yiladi va o`tkazilgan kundan keyin uch bank kuni mobaynida, biroq umumta'lim maktabidan hisobdan chiqarilgan darsliklar va O`MQlarni olib chiqqan kundan keyin oltmish kundan kechiktirmagan holda, Jamg`armaning asosiy g`aznachilik hisob raqamiga (mukofot puli summasi ushlab qolinib) ko`chiriladi.Ko`rsatilgan xizmatlar uchun "O`quv ta'lim ta'minot" davlat unitar korxonasining mukofot puli summasi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

99. Hududiy xalq ta'limi organi "O`quv ta'lim ta'minot" davlat unitar korxonasining hududiy bo`limi bilan birgalikda utilizasiya qilingan darsliklar va O`MQlar bo`yicha reestr tuzadi va har yili 1 noyabrgacha uni Jamg`arma ijrochi direksiyasining hududiy vakillariga topshiradi.


VIII. BUXGALTERIYA HISOB-KITOBI VA HISOBOT


100. Darsliklar va O`MQlar bo`yicha ijara to`lovlari, utilizasiya, darsliklar va O`MQlar yo`qotganligi va foydalanishga yaroqsiz holatga kelganligi natijasida zararni qoplashdan tushadigan tushumlarning buxgalteriya hisob-kitobi va hisobotlari umumta'lim maktabining buxgalteriyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o`rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.

101. Darsliklar to`plamlarini foydalanishga berilishi va ijara to`lovlari tushumlari ustidan monitoring yuritish maqsadida umumta'lim maktablari mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq umumta'lim maktablarining foydalanishga berilgan darsliklar to`plamlari to`g`risida hisobotlarni tuzadi va har yili iyun va dekabrning 5-sanasiga qadar tahlil qilish va umumlashtirish uchun tuman (shahar) xalq ta'limi bo`limlariga taqdim etadi.

102. Tuman (shahar)lar xalq ta'limi bo`limlari bo`yicha umumlashtirilgan hisobotlar, shuningdek har bir umumta'lim maktabi bo`yicha hisobotlar iyun va dekabrning 10 sanasidan kechiktirmasdan hududiy xalq ta'limi organlari va Jamg`arma ijrochi direksiyasi hududiy vakillariga taqdim etiladi.

103. Jamg`arma ijrochi direksiyasining rasmiy talablari asosida banklar hududlar bo`yicha har bir umumta'lim maktabi kesimida umumta'lim maktablarining maxsus raqamlaridan bank ko`chirmalarini taqdim etadi.

104. Ijara to`lovlari tushumlari bo`yicha har bir hudud va umumta'lim maktabi kesimida bankdan olingan ko`chirmalar asosida hududiy xalq ta'limi organlari va Jamg`arma ijrochi direksiyasining 
hududiy vakillari sinflar va ta'lim tillari kesimida har bir umumta'lim maktabi bo`yicha ijara to`lovlari tushumlarini tahlil qiladi va har yili iyun va dekabrning 15-sanasiga qadar umumlashtirilgan hisobotlarni, umumta'lim maktablari va hududlar kesimida, Xalq ta'limi vazirligi va Jamg`arma ijrochi direksiyasiga taqdim etadi.Zarurat bo`lganda, Jamg`arma ijrochi direksiyasining hududiy vakillari tomonidan birlamchi hujjatlarni ko`rib chiqish yo`li bilan umumta'lim maktablarida ijara tizimi faoliyatining o`rganishlari o`tkaziladi.

105. Hisobotlar qog`ozda (imzolangan va tasdiqlangan holda) hamda elektron shaklda taqdim etiladi.

106. Hududiy moliya organlari tomonidan ijara to`lovlari mablag`larini, darsliklar va O`MQlarni tegishli tartibda saqlanishi va foydalanilishi, hamda umumta'lim maktablari tomonidan darsliklar va ijara to`lovlari bo`yicha birlamchi hujjatlarning yuritilishi ustidan monitoring amalga oshirish maqsadida mazkur Nizomning 16-ilovasida ko`rsatib o`tilgan xalq ta'limi organlari tomonidan umumlashtirilgan hisobot, uni yuqori turuvchi xalq ta'limi organlariga taqdim etishdan oldin, tegishli hududiy moliya organlariga kelishish uchun taqdim etiladi.


IX. UMUMTA`LIM MAKTABLARI KUTUBXONACHILARINING 
ISH NATIJALARINI BAHOLASH MEZONLARI


107. Quyidagilar umumta'lim maktablari kutubxonachilarining ish natijalarini baholash mezonlari bo`ladi:
a) darsliklar va O`MQlar maktab kutubxona jamg`armasining to`g`ri shakllantirilganligi, ulardan foydalanilishining tahlil qilganligi;
b) hisob-kitob hujjatlarining to`liq va to`g`ri yuritilishini ta'minlanganligi hamda darsliklar va O`MQlar jamg`armasini saqlash uchun tegishli sharoitlarni tashkil etganligi; 
v) darsliklar va O`MQlarning haqiqiy mavjudligini aniqlash uchun belgilangan muddatlarda darsliklar va O`MQlar jamg`armasini xatlovdan o`tkazilganligi;
g) maktab kutubxona jamg`armasidan darsliklar va O`MQlarni hisobdan chiqarilishini tashkil etganligi va amalga oshirganligi, maktab kutubxona jamg`armalaridan darsliklar va O`MQlarni hisobdan chiqarish bo`yicha hisob-kitob hujjatlarini to`g`ri yuritilganligi va saqlanganligi, hisobdan chiqariladigan eskirgan darsliklar va O`MQlarni maktab kutubxona jamg`armasidan to`liq hisobdan chiqarilishini ta'minlanganligi;
d) hisobdan chiqarilgan darsliklarni belgilangan muddatda va to`g`ri utilizasiya qilinganligi hamda zarur hujjatlarning mavjudligi va saqlanganligi;
e) o`quvchilar orasida darsliklar va O`MQlarga ehtiyotlik bilan qarash tuyg`usini rivojlantirishga qaratilgan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligi; 
j) umumta'lim maktabi kutubxonasining ishini tashkil etish borasida darsliklar va O`MQlar maktab kutubxona jamg`armasini shakllantirish va hisob-kitobini yuritish hamda kitoblarni avaylab asrash tuyg`usini rivojlantirishga yo`naltirilgan tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda yangi axborot texnologiyalardan foydalanganligi.


X. YAKUNIY QOIDALAR


108. Umumta'lim maktabida o`quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta'minlash tizimini tashkil etish va uning samaradorli faoliyatini tashkillashtirish, shuningdek o`quvchilarni, ularning qonuniy vakillarini xabardor qilish, darsliklarni foydalanishga berish to`g`risida shartnoma tuzish, ijara to`lovlari tushumlari bo`yicha hisob-kitoblar va hisoblarni yuritish, naqd pul mablag`larini o`z muddatlarida topshirish, darsliklar va O`MQlarning saqlanishi va harakati, ijara tizimi uchun har yilgi buyurtmalarning shakllantirilishi uchun umumta'lim maktabining ma'muriyati javobgardir.

109. Oldindan ma'lum bo`lgan noto`g`ri yoki qalbaki hujjatlar asosida darsliklar to`plamini bepul ravishda foydalanishga berish holatlari aniqlanganda, mazkur hujjatlarni taqdim etgan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi va to`lanmagan ijara to`lovi summalari o`rnatilgan tartibda undiriladi.







Maqola sanasi:
  



Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2012
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi