3. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar va internatlarda tarbiyalanuvchilar ta'minoti uchun to`langan to`lovlar byudjetda nazarda tutilgan mablag`lar bilan birga maqsadli ravishda bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning oziq-ovqat ta'minotini yaxshilash uchun yo`naltiriladi.
4. Maktabgacha ta'lim muassasalari va internatlarda bolalar (tarbiyalanuvchilar) ta'minoti uchun to`lovlar qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda undiriladi.
5. Agar oilada ikki va undan ortiq bolalar turli maktabgacha ta'lim muassasalariga qatnasa, ushbu toifa oilalar uchun belgilangan to`lov miqdorlarini qo`llash uchun ota-onalar (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar) tegishli ravishda bir maktabgacha ta'lim muassasasidan boshqasiga bolalarning boshqa maktabgacha ta'lim muassasalarga qatnashi to`g`risida ma'lumotnoma taqdim etishi lozim.
6. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ushbu Nizomning ilovasida ko`rsatilgan kasalliklari bo`lgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari va umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim
muassasalari qoshidagi guruhlarda tarbiyalanuvchi bolalar ta'minoti uchun to`lovlar olinmaydi.
7. Maktabgacha ta'lim muassasalari va internatlarda bolalar (tarbiyalanuvchilar) ta'minoti uchun to`lovlar ota-onalar (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar) va maktabgacha ta'lim muassasalari yoki
internatlar ma'muriyati o`rtasida tuzilgan shartnomaga asosan to`lanadi.
8. Maktabgacha ta'lim muassasalari va internatlardagi bolalar (tarbiyalanuvchilar) ta'minoti uchun to`lovlar har oyda to`lovi to`lanayotgan joriy oyning 10-sanasidan kechikmasdan to`lanadi.
9. Maktabgacha ta'lim muassasalari va internatlardagi bolalar (tarbiyalanuvchilar) ta'minoti uchun to`lovlar bank muassasalariga to`lanadi. Bunda to`lov to`langanligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi maktabgacha ta'lim muassasasiga taqdim etiladi.
10. Agar to`lov naqd pulsiz shaklda amalga oshirilgan bo`lsa, maktabgacha ta'lim muassasasi yoki internatga to`lov topshiriqnomasining nusxasi (to`lov to`langanligi to`g`risidagi bank belgisi
qo`yilgan holda) taqdim etiladi.
11. Bolalar (tarbiyalanuvchilar) ta'minoti uchun to`lovlardan tushgan tushumlar:
yuridik shaxs maqomiga va byudjet mablag`lari bo`yicha talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga ega bo`lgan maktabgacha ta'lim muassasasi yoki internat;
maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmasa, hududiy moliya organining xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirish bo`limi yoki ushbu muassasa balansida bo`lgan boshqa idoralarning byudjet mablag`lari bo`yicha talab qilib olguncha depozit hisob raqamiga o`tkaziladi.
II. MAKTABGAChA TA`LIM
MUASSASALARIDA TO`LOVLAR
HISOB-KITOBI VA UNI TO`LASh TARTIBI
15. Maktabgacha ta'lim muassasasidagi bola ta'minoti uchun to`lovlarning bir kunlik qiymatini aniqlash uchun qonun hujjatlariga muvofiq ota-onalar bir oylik to`lovlarining miqdori maktabgacha
ta'lim muassasasining oylik ish jadvali bo`yicha ish kunlari soniga bo`linadi.
16. Bola kasalligi yoki uning oila a'zolari kasallanganligi (karantin bo`lgan) tufayli, shuningdek ota-onalar (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar)ning mehnat ta'tili davrida bolaning maktabgacha ta'lim muassasasiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun to`langan to`lovlar, keyingi to`lovlarda hisobga olinadi (faqat maktabgacha ta'lim muassasasining ish kunlari soni hisobga olinadi).
Bolaning kasalligi yoki uning oila a'zolari kasallanganligi (karantin bo`lgani) tufayli bolaning kelmaganligi tegishli davolash muassasasi yoki uchastka vrachi tomonidan beriladigan ma'lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
17. Bola uyda qolgan boshqa barcha holatlarda maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar ta'minoti uchun to`lovlar umumiy asoslarda undiriladi.
18. Ota-onalar (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar)ning arizasiga ko`ra to`lovlar to`liq bo`lmagan oy uchun ya'ni, bolaning ushbu maktabgacha ta'lim muassasasiga qatnashni to`xtatadigan va ro`yxatdan chiqariladigan kungacha bo`lgan davr uchun undirilishi mumkin.
19. Ota-onalar (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar) maktabgacha ta'lim muassasasiga bolaning ushbu muassasaga qatnashi to`xtatilishi to`g`risida kamida bir hafta oldin yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Agar bu haqda maktabgacha ta'lim muassasasi ogohlantirilmagan bo`lsa, to`langan pulni qaytarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Bunda bolaning maktabgacha ta'lim muassasalarida to`lov to`langan davrdan ortiq muddatga qolishi, ushbu oy uchun to`lovning qolgan qismi to`lanmaguncha mumkin emas.
20. Maktabgacha ta'lim muassasasi boshqa ish rejimiga o`tgan holatlarda, muassasa boshqa ish rejimiga o`tgan kundan boshlab to`lovlar bolalarning bo`lishi tegishli uzaytirilgan, muddatli guruhlar uchun belgilangan miqdorda to`lanadi.
III. INTERNATLARDA TO`LOVLAR
HISOB-KITOBI VA UNI TO`LASh TARTIBI
21. Internatlardagi tarbiyalanuvchilar ta'minoti uchun to`lovlarning bir kunlik qiymatini aniqlash uchun qonun hujjatlariga muvofiq ota-onalar (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar) bir oylik to`lovlarining miqdori internatning oylik ish jadvali bo`yicha ish kunlari soniga bo`linadi.
22. Tarbiyalanuvchining kasalligi yoki uning oila a'zolari kasallanganligi (karantin bo`lgan) tufayli, shuningdek ota-onalar (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar)ning mehnat ta'tili davrida tarbiyalanuvchining internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun to`langan to`lovlar, keyingi to`lovlarda hisobga olinadi (faqat internatning ish kunlari soni hisobga olinadi).
Tarbiyalanuvchining kasalligi yoki uning oila a'zolari kasallanganligi (karantin bo`lgan) tufayli tarbiyalanuvchining kelmaganligi tegishli davolash muassasasi yoki uchastka vrachi tomonidan beriladigan ma'lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
23. Tarbiyalanuvchi uyda qolishining boshqa barcha holatlarida internatda tarbiyalanuvchilar ta'minoti uchun to`lovlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
24. Ota-onalar (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar)ning arizasiga ko`ra to`lovlar to`liq bo`lmagan oy uchun ya'ni, tarbiyalanuvchining ushbu internatga qatnashni to`xtatadigan va ro`yxatdan chiqariladigan kungacha bo`lgan davr uchun undirilishi mumkin.
25. Ota-onalar internatga tarbiyalanuvchining ushbu muassasaga qatnashi to`xtatilishi to`g`risida kamida bir hafta oldin yozma ravishda ogohlanti
rishi lozim. Agar bu haqda internat ogohlantirilmagan bo`lsa, to`langan pulni qaytarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Bunda tarbiyalanuvchining internatda to`lov to`langan davrdan ortiq muddatga qolishi, ushbu oy uchun to`lovning qolgan qismi to`lanmaguncha mumkin emas.
IV. KAM TA`MINLANGAN OILALAR
BOLALARINI TO`LOVLARDAN
OZOD QILISh TARTIBI
26. Maktabgacha ta'lim muassasalari va internatlarda bolalar ta'minoti uchun to`lovlardan kam ta'minlangan oilalarning bolalari qonun hujjatlariga muvofiq ushbu muassasalarda (internatlarda)gi ularning umumiy sonidan 15 foizi doirasida ozod qilinadi. Bunda ota-onalari (bittasi yoki ikkalasi) I yoki II guruh nogironlari bo`lgan kam ta'minlangan oilalarning bolalari, birinchi navbatda to`lovlardan ozod qilinadi.
27. Bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni to`lovlardan ozod qilish uchun fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan berilgan oilaning kam ta'minlanganligi to`g`risidagi ma'lumotnoma asos bo`ladi.
Ushbu hujjatlar maktabgacha ta'lim muassasasi va internatga tegishli tartibda ko`rib chiqish uchun taqdim etiladi.
28. To`lovlardan ozod qilinadigan kam ta'minlangan oilalarning bolalari (tarbiyalanuvchilar) ro`yxati moliyaviy yil boshlangunga qadar (umumiy rejadagi bolalar, tarbiyalanuvchilar sonidan 15 foiz doirasida) vasiylik kengashi majlisi bayoniga asosan maktabgacha ta'lim muassasasi yoki internat rahbarining buyrug`i bilan tasdiqlanadi.
29. Ro`yxatga kirmagan kam ta'minlangan oilalarning bolalari qatoridan, ro`yxat maktabgacha ta'lim muassasasidan yoki internatdan butunlay chiqib ketishi munosabati bilan o`zgartirilgan hollarda yuqorida ko`rsatilgan ro`yxat to`ldirib boriladigan zaxira shakllantiriladi. Ro`yxat oilaning bir a'zosiga bir oyda to`g`ri keladigan jami daromadi eng past darajada bo`lgan kam ta'minlangan oilalarning bolalarini unga birinchi navbatda kiritish tamoyiliga rioya qilgan holda to`ldirib boriladi.
V. BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTI
30. Bolalar (tarbiyalanuvchilar) ta'minoti uchun to`lovlarni hisoblab chiqarish va mablag`larni tushirish bo`yicha buxgalteriya hisobi:
yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan maktabgacha ta'lim muassasalarida - hududiy moliya organining xalq ta'limi muassasalarini moliyalashtirish bo`limi tomonidan;
yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan maktabgacha ta'lim muassasalarida - ularning buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
31. Bolalar (tarbiyalanuvchilar) ta'minoti uchun ota-onalar to`lovi bo`yicha hisob-kitoblarning tahliliy hisobi 327-shakl bo`yicha maktabgacha ta'lim muassasalaridagi bolalar ta'minoti uchun ota-onalar bilan hisob-kitoblar jadvali (vedomosti)da yuritiladi.
32. Bankka to`langan yoki topshirilgan summalar 01 8 30 "Oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish xarajatlari" tipi, ob'ekti va ob'ekt osti bo`yicha g`azna xarajatlarini tiklash uchun 294-shakl daftariga yozib boriladi.
33. To`lovlarni hisoblash 305-shakl bo`yicha bolalarni davomat tabeliga asosan amalda qatnagan kunlari uchun har oyning oxirgi ish kunida amalga oshiriladi.
34. Buxgalteriya hisobida ota-onalar kiritadigan to`lovlarini hisoblash quyidagi buxgalteriya o`tkazmalari orqali rasmiylashtiriladi:
D-t K-t
172 236
35. Ota-onalar tomonidan to`langan mablag`lar summasiga quyidagi buxgalteriya o`tkazmalari beriladi:
D-t K-t
172
09 yoki 10 hisobvaraqlari tegishli yordamchi hisob varaqlar
36. Yil oxirida 236 yordamchi hisobvarag`i debet qismiga byudjet bo`yicha (200 yordamchi hisobvarag`i) amaldagi xarajatlar 236 yordamchi hisobvarag`iga hisoblab yozilgan summalar doirasida ko`chirib yoziladi.
37. Hududiy g`aznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda g`aznachilik xizmatiga o`tgan mintaqalar bo`yicha ota-onalar to`lovlarini hisoblash quyidagi buxgalteriya o`tkazmalari orqali rasmiylashtiriladi:
D-t K-t
172 236
38. Ota-onalardan kelib tushgan summalar ularni maktabgacha ta'lim muassasalarining (internatlarning) alohida shaxsiy hisob raqamlarida aks ettirgan holda hududiy g`aznachilik hisob raqamlariga yozilib boriladi, jumladan:
a) to`lovlarni shaxsiy hisob raqamiga o`tkazish yo`li bilan:
D-t K-t
104 172
b) keyinchalik maktabgacha ta'lim muassasalari (internatlar)ning alohida shaxsiy hisob raqamlariga
o`tkazgan holda.
39. Tushgan mablag`larni maktabgacha ta'lim muassasalari (internatlar) tomonidan sarflashda quyidagi o`tkazmalar qo`llanadi:
D-t K-t
178 104
209 178
40. Yil oxirida 236 yordamchi hisobvarag`i debet qismiga byudjet bo`yicha (209 yordamchi hisobvarag`i) amaldagi xarajatlar 236 yordamchi hisobvarag`iga hisoblab yozilgan summalar doirasida ko`chirib yoziladi.
VI. YAKUNIY QOIDALAR
41. Bolalar (tarbiyalanuvchilar) ta'minoti uchun to`lovlarning to`g`ri hisoblanishi va o`z vaqtida kelib tushishi, hisob va hisobotni yuritishi, shuningdek, tushgan mablag`lardan maqsadli foydalanishi ustidan nazorat O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning joylardagi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo`lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.
43. Ushbu Nizom O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Nizomga
ILOVA
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ta'minoti uchun to`lovlar undirilmaydigan bolalar kasalliklari
RO`YXATI
1. Qulog`i kar (jumladan zaif eshitadigan)
2. Ko`zi ojiz (jumladan ko`rish qobiliyati past)
3. Nutqning og`ir buzilishlari (alaliya, dizartriya, rinolaliya, afaziya, duduqlik, nutqning I va II
darajali umumiy rivojlanmaganligi)
4. Tayanch-harakat apparatining buzilishi (serebral falajlik, poliomielit asoratlari, artrogippoz,
xondrodistrofiya, miopatiya)
5. Aqli zaiflik, ruhiy rivojlanishining sustligi (aqliy qobiliyatning buzilishi)
6. Sil kasalligining ilk ko`rinishi (bemor bilan aloqada bo`lish va tubviraj), shuningdek sil
kasalligi va gepatit kasalligidan keyingi tiklash davri.
"O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami", 2008 yil, 6-7-son, 34-modda.
12. Hududiy g`aznachilik hisob raqamlaridan foydalanadigan g`aznachilik xizmatiga o`tgan hududlar bo`yicha maktabgacha ta'lim muassasalari va internatlarda bolalar (tarbiyalanuvchilar) ta'minoti uchun to`lovlar Qoraqalpog`iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar hisobida turadigan maktabgacha ta'lim muassasalari va internatlar bo`yicha belgilangan tartibda hududiy g`aznachilik hisob raqamlariga o`tkaziladi va alohida shaxsiy hisob raqamlarida hisobga olinadi.
13. Maktabgacha ta'lim muassasalari va internatlarda bolalar (tarbiyalanuvchilar) ta'minoti uchun to`lovlar ushbu Nizomning 8-bandida ko`rsatilgan muddatdan keyin ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to`lanmagan taqdirda ota-onalar (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar) bilan shartnoma to`xtatilishi yoxud bolalar (tarbiyalanuvchilar) maktabgacha ta'lim muassasasi yoki internatdan
chiqarilishi mumkin.
14. Kreditor qarzdorlik paydo bo`lgan sanadan 90 kalendar kun mobaynida maktabgacha ta'lim muassasasidagi bola ta'minoti uchun mavjud bo`lgan qarzdorlik qoplanganda, bolani ushbu maktabgacha ta'lim muassasasiga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Ko`rsatilgan muddat buzilgan taqdirda maktabgacha ta'lim muassasasiga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.