|
|
 | |
| ME'YORIY HUJJATLAR // O`zR VM Talim to`g`risidagi Qarorlari // O`z R VM 372-son 2004 yil 5 avgustdagi Qarori | |
|
| |
Toshkent sh. 2004 yil 5 avgust, 372-son
O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini - maktabgacha va o‘rta umumiy ta’limni to‘la ko‘lamli rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturi o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida" 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturining asosiy prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatining muhim maqsadli vazifasi deb hisoblansin.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, pedagog kadrlarning, ayniqsa boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining malakasini va kasb darajasini oshirish;
umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarini, har tomonlama rivojlangan va mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan shaxsni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydigan maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mamlakatning taraqqiyoti va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan milliy mustaqillik g‘oyalarini amalga oshirish;
idoraviy bo‘ysunushidan va muklchilik shakllaridan qat’i nazar maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish;
maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim uchun o‘quv va o‘quv- metodik adabiyotlarning yangi avlodlari yaratilishi va nashr etilishini tashkil etish;
idoraviy mansub ta’lim muassasalarida moddiy-texnik shart-sharoitlarning yanada mustahkamlanishini ta’minlaydigan normativ baza yaratish, jamiyat va davlat manfaatlarini qoniqtiradigan ta’lim sifati va mazmunini oshirish;
tizimli asosda pedagog kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish, jamiyatda ta’lim xodimlarining ijtimoiy maqomini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tashkiliy tuzilmasi va uning xodimlarning cheklangan umumiy soni 81 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 61 nafar bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining tuzilmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 3-6-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriga, zarurat bo‘lganda, vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Xalq ta’limi tizimi organlari va o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
2005 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda xalq ta’limini boshqarish hududiy organlarining rahbar kadrlarini, pedagogika institutlarining rahbarlari va professor-o‘qituvchilar tarkibini, shuningdek umumta’lim maktablari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, shuningdek ularning ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Maqola sanasi:
| |
Bolalar musiqa va san'at maktablari |
| |