Ziyonet
 
Kitob.uz
 

 
 
  ME'YORIY HUJJATLAR // O`zR Ta'lim to`g`risidagi qonunlari // 1996.27.12 N 367-I O`zbekiston Respublikasining Qonuni 
 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
27.12.1996 y.
N 367-I
 
 
 
O`QITUVCHI VA MURABBIYLAR
KUNINI BELGILASH  TO`G`RISIDA
 
 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:
 
1. 1 oktyabr "O`qituvchi va murabbiylar kuni" deb belgilansin hamda u bayram (dam olish) kuni deb hisoblansin.
 
2. O`zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova) 131-moddasi oltinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi yangi xatboshi bilan to`ldirilsin:
 
"1 oktyabr - O`qituvchi va murabbiylar kuni;"
 
Shu moddaning yettinchi, sakkizinchi va to`qqizinchi xatboshilari tegishli ravishda sakkizinchi, to`qqizinchi va o`ninchi xatboshilar deb hisoblansin.
 
3. O`zbekiston Respublikasining "Xalq ta'limi xodimlari kunini belgilash to`g`risida"gi 1993 yil 29 dekabr Qonuni (O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, N 1, 26-modda) o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin.
 
 
O`zbekiston Respublikasining
Prezidenti                                                                        I.A. KARIMOV


Maqola sanasi:
  



Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2012
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi