Ziyonet
 
Kitob.uz
 

 
 
  PEDAGOGIKA VA ILM // Yil o`qituvchilari - 2006 // VARZIK YULDUZI 
 
Go’zal Chust tumani kundan-kunga obodonlashib, ko’rkamlashib bormoqda. Rang-barang anvoyi gullar, yangi qurilayotgan, ta'mirlanayotgan maktablar tuman ko’rkiga-ko’rk qo’shib turibdi. Tekis va ravon tuman markazi yo’llaridan uzoqlashib, Varzik qishlog’iga kirib boramiz. Bahavo qishloq manzarasi dilga xush yoqadi. Odamlari sofdil va mehmonnavoz. Ular bilan suhbatlashib to’ymaysan. Qishloqdagi 58-umumta'lim maktabi va u yerda bir necha yillardan buyon ishlayotgan Zulfiniso Bozorova haqida hamqishloqlari iliq fikrlar bildirishdi: Zulfiniso haqiqiy ustoz, muallim. Yoshlar kelajagi, ularning baxt-saodati yo’lida tinim bilmaydi.         .      ... 58-umumta'lim maktabi. Yangi zamonaviy usulda qurilgan bu dargohda necha minglab o’quvchilar ta'lim-tarbiya olgan. Ko’plab yoshlarni mustaqil hayot sari odimlashga o’rgatgan muqaddas maktab bugun ham o’quvchilar bilan yanada gavjum. o’ovli o’rtarog’ida uch-to’rt nafar o’qituvchilar nimalarnidir suhbatlashishardi. Ular orasidan kulib turgan ochiq chehrali ayol xushyor tortib bizga peshvoz chiqdi.
Mo’'jazgina xona, saranjom-sarishta, ozodalik. Anvoyi ochilgan gullar, zamonaviy stol-stullar, shkaf ichida turli xil kitoblar, stol ustida Alisher Navoiyning asarlari turardi. Zulfiniso o’qishni kanda qilmaydi. U jahon va qardosh xalqlar adabiyotlarini ham sevib o’qiydi. Kitobni o’ziga do’st deb biladi. o’quvchilar kelajagini esa o’z baxtim, deydi.
Zulfiniso Bozorova Chust tumanining Varzik qishlog’ida dunyoga kelgan. U yoshligidanoq o’qituvchi bo’lishni orzu qilar, o’zi yashaydigan mahalla bolalarini to’plab, ularga she'r, ertak aytib berardi. o’z navbatida bolalardan talab ham qila olardi. Nihoyat yoshlikda qilingan tilaklar ijobat bo’ldi. Zulfiniso maktabni tamomlab Tojikiston davlat universitetining filologiya fakultetiga o’qishga kirdi. Bu yerda malakali, oliy toifadagi professor va olimlardan ilm sirlarini puxta o’rgandi. 1983 yilda oliygohni muvaffaqiyatli tamomladi. So’ng o’zi yashagan Chust qishlog’iga qaytdi. Dastlabki ish faoliyatini tumandagi 2o’-umumta'lim maktabida o’quvchilarga tojik tili va adabiyoti fanidan bilim berishdan boshladi. o’zidagi kasbga bo’lgan sadoqat va mehr-muhabbat tuyg’ulari orqali tez orada maktab jamoasi va o’quvchilari orasida hurmat, e'tibor topdi. Ko’plab shogirdlarga bosh bo’ldi. Maktabni tamomlab mustaqil hayot ostonasiga qadam qo’yayotgan yoshlarga tirgak bo’ldi. Tuman XTB tomonidan u Varzikdagi 58-umumta'lim maktabiga ishga taklif etildi.
Izlagan imkon topar, deydilar. haq gap. Mustaqillik yillari opa uchun yanada yangi orzu-umidlar yo’lini ochdi. Endilikda ular o’z pedagogik amaliyotida milliy mafkuramizning asosiy qoyalari yurt tinchligi, xalq farovonligi, Vatan ravnaqi, millatlararo totuvlik, milliy qadriyatlarga hurmat kabi tushunchalarni shogirdlari qalbiga grammatik mashqlar tahliliga asoslangan ma'rifiy matnlar, ijodkorlar hayoti va asarlarining tahlili orqali singdirishga harakat qilmoqdalar.
Ta'limdagi yangi o’zgarishlar o’zbekiston Respublikasining "Ta'lim to’g’risida"gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda "2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi"ning mazmun-mohiyatini chuqur anglagan Zulfiniso opa o’quvchilarda ona tiliga mehr-muhabbat tuyg’ularini uyg’otishga erishishi aniq. U o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, yozma nutqni rivojlantirish, nutq vaziyatiga qarab fikrini to’g’ri ifodalay olish malakalarini tarkib toptirish uchun o’z bilim va pedagogik mahoratini sarflamoqda. Pedagogik darslik materiallari bilan chegaralanib qolmasdan o’quvchilarni ijod qilishga, izlanishga o’rgatmoqda. Bundan tashqari, ish faoliyatida o’quvchilar psixlogiyasini, qiziqish va salohiyatlarini hisobga olib, dars usullarini ham tanlamoqda. Bahs-munozarali, seminar, konferensiya tarzidagi "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash", "har kim, har kimga o’rgatadi", "Debatlar", "Ishchanlik o’yini" kabi interfaol usullar shular jumlasidandir.
Zulfiniso Bozorova maktab, tuman, viloyat shuningdek respublikada o’tkaziladigan tadbirlarda ham o’z o’quvchilari bilan faol qatnashib kelmoqda. 2004 yil 1-2 mart kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan "Do’st bilan obod uying" hamda 2005 yil 1-2 iyun kunlari Jizzaxda bo’lgan "Bolalar ovozi" festivallarida opaning o’n ikki nafar iste'dodli bilimdon o’quvchilari yuqori natijalarga erishdi. Respublika fan olimpiadalarining 1993-1994 o’quv yilidagi respublika bosqichlarida esa uning ikki nafar o’quvchisi - Mahmuda Amonova va Sohiba Murodovalar ishtirok etishdi. Shogirdlaridan Dilafro’z Saloeva, Mahmuda Amonova, Xudoyberdi qurbonovlar ustozlari tanlagan yo’ldan borib, turli maktablarda tojik tili va adabiyoti fanidan o’quvchilarga saboq berishmoqda.
O’qituvchi degan yuksak nomga munosib bo’lish yo’lida kunu tun tinim bilmaydigan muallima bugun ham o’quvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan band. Turli ommaviy axborot vositalarida o’z fikr va mulohazalari bilan muntazam ishtirok etayotgan jonkuyar o’qituvchining viloyat "Oltin zamin" radiokanalida, o’zbekiston Respublikasi televideniesining 1-kanali orqali namoyish etiladigan "Do’stlik" studiyasining tojik tilidagi "Ranginkamon" ko’rsatuvlarida bir necha bor dolzarb mavzudagi chiqishlari namoyish etilgan bo’lib, ta'lim va tarbiyaga oid turli maqola hamda xabarlari "Chust haqiqati", "Ovozi tojik" ro’znomalarida chop etilgan.
Mehnat, mehnatning tagi rohat deydilar. Zulfiniso Bozorova o’tgan yillar davomida ijodkor o’qituvchilar anjumanida viloyat, tuman miqyosidagi tadbirlarda faol ishtirok etib, Xalq ta'limi vazirligining "Tashakkurnoma"si, viloyat, tuman hokimliklarining hamda viloyat xalq ta'limi boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Yaqinda Zulfiniso opa uchun yanada quvonchli kun bo’ldi. "Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi" ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida o’z iqtidori va iste'dodi, bilim va mahoratini namoyish etib, 91 ball to’pladi va respublika bosqichiga yo’llanma oldi.
Vaqtni oqar suvga qiyoslaydilar. Zulfiniso uchun hayajonli daqiqalar boshlandi. "Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi" ko’rik-tanlovining respublika bosqichi boshlandi. o’z irodasi, bilim va mahoratini namoyish etgan opa 82 ball bilan g’oliblik shohsupasiga ko’tarildi.
 
 
 


Maqola sanasi:
  



Bolalar musiqa va san'at maktablari

 Copyright © 2012
O'zbekiston Respublikasi
Xalq ta'limi vazirligi