Inson umrining eng beg’ubor damlari o´quvchilik yillariga to´g’ri keladi. Bolalikning ana shu mas'um va takrorlanmas lahzalari bir umr yoddan chiqmaydi. Beg’ubor chaqnoq ko´zlar atrofdagi har bir o´zgarish, tabiat m´'jizalariga hayajon va hayrat bilan boqadi. Kitob, daftar joylashgan papkani ko´tarib olgan bolakay uchun maktab sir-sinoat. ¤quvchilar q´liga qalam tutqazib harf yozishni o´rgatayotgan ustoz esa eng ulug’ zot. Ana shu mo'jizalar qurshovida inson ulg’ayadi, voyaga yetadi. Shu tariqa hayotdagi ilk odimlar uni qutlug’ manzil sari yetaklaydi. Kichkintoylar uchun hayotning dastlabki so´qmoqlaridan maktabga yo´l
ochiladi.
Allayor maktabga tengdoshlaridan oldin - hali esini tanir-tanimas chog’larida borgan. Chunki otasi O’zbek Elchiev ´qituvchi edi. Birinchi ustozi ham otasi bo´ldi. Allayor tog’lik yigit. U Zomin tumanidagi Suvlisoy qishlog’ida tug’ilgan. £ishloqda bir xonali maktab bo´lib, unda birinchi - to´rtinchi sinf o´quvchilari dars o´tardilar (´sha vaqtda bunday maktablar komplekt sinf deb atalardi). Kecha-kunduz ota yonida, uning tinimsiz mutoalasidan bahramand bo´lish yosh Allayorda shu kasbga havas uyg’otgan bo´lsa, ajabmas. O’rta maktabni bitirganida k´pchilik unga turli oliy dargohga borishini maslahat berdi. Lekin u ´z bilganidan qolmadi - ¤sh viloyatidagi pedagogika institutining qirg’iz filologiyasi fakultetiga hujjat topshirdi.
Talabalik yillari k´z ochib yumguncha o´tib ketdi. U institutni bitirgach, Zarbdor tumanidagi Andijon qishloq fuqarolar yig’iniga qarashli "Mustaqillik quyoshi" xo´jaligidagi 5-maktabga ishga keldi. Bu maktabda ta'lim o´zbek va qirg’iz tillarida olib boriladi. Maktab 634 o´ringa mo’ljallangan bo´lib, unda 870 nafar o´quvchi ta'lim-tarbiya olayapti. Unda 40 ta sinf mavjud bo´lib, uning 10 tasi qirg’iz sinflaridir. Allayor o´quvchilarga qirg’iz tilidan saboq beradi.
O’quvchilarda darslarga qiziqishni oshirishning turli usul va metodlari mavjud. Muhimi, o´quvchilar dars va mashg’ulotlarda zerikib qolmasliklari kerak. Bunda o´qituvchiga yangi pedagogik texnologiya qo´l keladi. Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi shundaki, o´qituvchi dars o´tish jarayonida bir xil qolipga tushib qolmaydi. Dars o´tishning turli ko´rinishlari, savol-javob, bahs-munozara, krassvord, "o’yla, izla, top", sayohat kabi turlari o´quvchilarga juda manzur bo´lmoqda.
- Men o´z tajribalarimga tayangan holda ko´rgazma-nutq, o´quvchi fikri birligini yaratishga harakat qilaman, - deydi Allayor Elchiev. - Ko´rgazmaga qarab izoh berish, nutq boyligini oshirish, so´zlarni to´g’ri talaffuz etishga erishamiz. Nutqi ravon o´quvchi esa o´zining har qanday fikrini erkin va sodda ifoda eta oladi, shuningdek, yozma ishlar, insho va bayonlarda qirg’iz tiliga xos sheva so´zlarni ishlatishga ham imkon yarataman.
Yosh o´qituvchi Allayor Elchievning dars o´tishida o´ziga xos usul va ish metodlari mavjud. Shuning uchun ham u dars berayotgan sinflarda o´zlashtirish yuqori bo´layapti. O’tgan o´quv yilida 85 foizni tashkil etdi.
Allayor har bir darsni noan'anaviy va muammoli ´otishga harakat qiladi. U - mashg’ulotlarda o´qituvchi emas, ´quvchilarning k´proq so´zlashi, fikr yuritishi, mulohaza qilishiga imkon yaratadi. Shuningdek, darslarda ´quvchilarning o´zini-o´zi boshqarishlari keng yo´lga qo´yilgan. Bunda o´qituvchi ko´proq kuzatuvchi vazifasini bajaradi. Darslarda ana shunday samarali usullardan foydalanish o´zining ijobiy samarasini berayapti.O’quvchilar har yili qirg’iz tilidan bo´ladigan fan olimpiadalarida faol ishtirok etmoqda. O’tgan ´quv yilida uning o´quvchisi Mohira Yaxshilikova fan olimpiadasining viloyat bosqichida birinchi ´rinni egalladi.
"Yilning eng yaxshi fan o´qituvchisi" ko´rik-tanlovida ishtirok etish uchun maktab jamoasi Allayor Elchievga ishonch bildirib adashmagan ekan. Allayor qirg’iz tili fani bo´yicha ´tkazilgan
bellashuvlarning barcha bosqichlarida o´ziga xos tajriba va iqtidorga ega ekanligini namoyish etdi. Natijada u mamlakatimizda ilk bor ´tkazilgan mazkur ko´rik-tanlovda qirg’iz tili bo´yicha eng yaxshi fan o´qituvchisi deya e'tirof etildi.
Allayor Elchiev esini tanibdiki, maktabga qatnaydi. Bolalik yillarida Zomin tog’lari yon bag’ridagi adirlar orasida, ´nqir-ch´nqir toshloq y´llarda maktabga qatnab saboq oldi, dunyo tanidi. Endi esa uning o´zi ustoz, yoshlarga bilim berayapti. Umrining sal kam chorak asri maktab hayoti bilan chambarchas bog’langan. Har kuni erta tongdan ishga otlanadi, maktab sari shoshiladi. Allayor uchun maktab yo´li - umr yo´lidir. Zero, bu hayot so´qmoqlari mustaqil yurtimizning kelajagi bo´lgan o´g’il-qizlarimizning ma'rifat manzili sari olib boruvchi sharafli va muqaddas yo’ldir.
Maqola sanasi: