"Har qanday ta'lim va tarbiyada eng asosiy narsa muallim,
uning tafakkur dunyosidir"
A.Disterveg
Ismda ham xislat bor, ma'no mujassam. Ismi jismiga monand degan ibora bejiz aytilmagan. Jizzax tumanidagi Isoqovlar oilasida 1961 yil 31 iyulda to’ng’ich farzand - qizaloqning dunyoga kelishi bir olam quvonch olib keldi. Ziyoli oilaga mansub bo’lgan To’lqin aka va Muhabbat opalar o’zaro kelishib, yaxshi niyat bilan qizaloqqa Shoira deb ism qo’ydilar. Chunki To’lqin aka quruvchi-muhandis bo’lsa-da, adabiyotni yaxshi biladigan, shoirtabiat inson edi. qizining ham kelgusida zukko, shoirtabiat bo’lib voyaga yetishini orzu qilardi.
Shoira o’zining zehni, xulq-odobi bilan ota-onasi orzu qilgan qiz bo’lib voyaga yetdi. Maktabda a'lo baholarga o’qigan Shoira o’zining mustaqil fikri, bir so’zliligi, keng dunyoqarashi bilan tengdoshlaridan ajralib turardi. Ayniqsa, uning sodda va rostgo’yligi ustozlarga yoqardi. Boshlang’ich sinfda dars bergan Umar haydarov Shoira uchun birinchi muallim - ustoz suratida yuragida muhrlanib qoldiyu, adabiyotdan saboq bergan Bobomurod domla esa Shoiraga adabiyot nima, she'rning sehri, badiiy ijodning mo’'jizalarini kashf etib berdi, go’yo. Tarix fani o’qituvchisi, ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi qodir hakimov esa dars jarayonida o’zi ishtirok etgan jang maydonlarini shunchalik ta'sirli ifoda etardiki, bolalar ham jang maydonida yurgandek hayajon va hayratdan entikib ketishardi.
Ustozlarning ana shunday ta'siri bois, Shoira hayot haqidagi tasavvur va qarashlari bilan
boshqalardan keskin farq qilardi. Birinchi kosmonavt ayol fazoga parvoz qilganda o’zining hayajonini bosolmagani hamon esida "Kelgusida o’zbek ayoli ham fazoga uchishi muqarrar, - o’ziga o’zi der edi. - U o’sha o’zbek ayoli, ehtimol, men bo’lishim mumkin!" Shoiraning maktabda kosmonavt bo’lishni orzu qilgani ham rost. Maktabni bitirishi arafasida dadasining yaxshi do’stlaridan biri qizlar uchun eng yaxshi kasb - shifokorlik va o’qituvchilik deb, maslahat berdi. o’zida ham muallimlikka moyillik bo’lgani uchun Shoira shu kasbni tanlashga ahd qildi.
Maktabni oltin medal bilan tamomlagan Shoira 1978 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining tarix-pedagogika fakultetiga o’qishga kirdi. Talabalik yillarida ham bilimga chanqoqligi, rostgo’ylik, kasbiy mahoratini oshirishga bo’lgan intilishi bilan ustozlar e'tiboriga tushdi. Amaliyotni o’tab yurgan talabalik yillarida Toshkentdagi 73-va 200-maktablarda ishladi.
-73-maktabning ilmiy bo’lim mudiri Muyassar Shukurova dars o’tish uchun meni yuqori sinflarga kiritar edi, - eslaydi u. - Sizda buning uchun mahorat ham, bilim ham yetarli der edi ustoz. Men bor vujudim bilan bildirilgan ishonchni oqlashga kirishardim.
Institutni tamomlagan Shoira o’zi o’qigan qadrdon maskan - Sh.Rashidov nomidagi 10-o’rta umumta'lim maktabiga ishga keldi. Mana, salkam chorak asrdan buyon yoshlarga tarix-huquq fanidan saboq berayapti. Mustaqillik yillarida Shoira uchun o’z iqtidori va bilimini ro’yobga chiqarish, o’quvchilarni noan'anaviy usulda o’qitish borasidagi yangiliklarni ta'limga joriy etishda imkoniyat eshigi ochildi. Yangi pedagogik texnologiyalarni ta'limda qo’llash asosida davlat ta'lim standartlari talablarini bajarish - asosiy burch va vazifa ekanligini chuqur anglab yetdi. Ana shu mas'uliyatni his etib ishlash - o’quvchilar bilimi, ko’nikma-malaka darajasini 85 foizga yetkazishiga turtki bo’ldi. 2001 yil fanlar olimpiadasining respublika bosqichida o’quvchisi Shuhrat Ergashev tarix fanidan uchinchi o’rinni egalladi. Yana bir o’quvchisi Nigora o’akimova "Inson va jamiyat" fanidan fan olimpiadalarining respublika bosqichida ishtirok etdi.
2001 yilda uning "Tarix dasrlarini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash" mavzusidagi ish tajribasi respublika bo’yicha ommalashtirildi. Shu munosabat bilan o’tkazilgan anjumanda Respublika ta'lim markazi direktorining o’rinbosari Nazirqul Turdiev Shoiraning ish tajribasiga alohida urg’u berdi. "Ana shu dalda, mehnatimga berilgan baho meni ruhlantirib yubordi. Bu hali mening foydalanilmagan imkoniyatlarim ko’pligiga o’ziga xos bir ishora deb bildim", - deydi muallima.
Maktabga bir kun bormasa o’quvchilarini sog’inishi, ertangi kun tashvishlari bilan yashash, har qanday shaxsiy orzu-havaslardan maktab ishini ustun qo’yish - Shoiraning qonida bor. Shuning uchun uyda ham, maktabda ham uni bir lahza bekor ko’rmaysiz. Xayolida esa faqat ta'lim-tarbiya, maktab haqidagi fikr-qarashlar, rejalar charx uraveradi.
- Yangi pedagogik texnologiyani kimlardir o’ta murakkab, qiyin bir jarayon deb qarashadi, - deydi Shoira. - Aslida unday emas. Bugungi dars kechagidan farq qilsa, bu ham yangilik. o’quvchingiz darsda zerikib qolmasa shuning o’zi bir yutuq. Yangi mavzu o’tilganida o’quvchi sinfdami, ko’chada yoki uydami sizdan biron narsani qiziqib so’rasa - bu ham yangi pedagogik texnologiyaning bir turi. Chunki siz o’quvchini faollikka undayapsiz. Yana bir gap - o’qituvchining bo’sh vaqti degan iboraga qo’shilmayman. o’ar kimga yaratgan tomonidan in'om etilgan rizq-nasiba, o’lchab berilgan umr bor. Undan to’g’ri foydalanish - o’zimizga boqliq. Maqsadsiz, ishlashni xohlamagan kishilardagina bo’sh vaqt bo’lishi mumkin.
Shoira har kuni maktabga o’z rejasi, maqsadi bilan keladi. Darsda ulgurmagan rejalarini ishdan keyin amalga oshiradi. o’quvchilar, o’qituvchilar, ota-onalar hamkorligida maktab tarixi muzeyini tashkil etishga asos soldi. "Namunali tarix xonasi" ham uning izlanishlari samarasi sifatida dunyoga keldi. Maktabda tashkil etilgan "Yosh tarixchi", "Yosh huquqshunos", "Fidoyilar", "Mehr" klubining tashkilotchisi. o’quvchilarga Vatan tarixini chuqur o’rgatish maqsadida "Amir Temur - buyuk davlat arbobi", "Jizzax tarixini bilasizmi?", "Siz o’z huquqingizni bilasizmi?", "Og’usiz dunyo sari" kabi tadbirlarni tashkil etgan. Tarix faniga oid ilmiy qarashlari bayon etilgan maqolalari ommaviy axborot vositalarida muntazam chop etiladi. Shoira badiiy ijod bilan shug’ullanishni yaxshi ko’radi. "Armonli dunyo", "Ojizlik", E'tiborsizlik va jinoyat" kabi hikoyalari uning badiiy ijodda ham qalami o’tkirligidan dalolat beradi.
- Mustaqillikkacha bo’lgan darsliklarda Vatanimiz tarixi yetarli darajada yoritilmaganligi ayon bo’lib , - deydi Shoira Yunusova. - Cho’lpon, Fitrat, Nosir kabi buyuk siymolarimiz tarix qatida yashirinib yotgan ekan. Yurboshimizning sa'y-harakati bilan Vatanimiz tarixi yaratildi. 5-sinf uchun yaratilgan darslik juda mukammal. o’-sinfda ibtidoiy davr jahon tarixi bilan taqqoslanadi. 9-sinf tarixini biroz chuqurlashtirish kerak. Men sayohat darslari orqali bolalarda tarixga bo’lgan qiziqishni oshirishga, o’tmishga hurmat, Vatanga muhabbat tuyg’ularini shakllantirishga harakat qilaman. Ona-yurt mavzusida ilmiy ish olib borsam deyman...
Shoiraning hayot haqidagi o’z falsafasi bor. "Umringning oxirigacha yaxshilik qil!" shioriga amal qiladi. Yaxshilik uruqini qanchalik ko’p sochsang, obro’ying shuncha ortadi, deydi. Nohaqlikni hayot zulukiga qiyos etadi. Baxillikni taraqqiyot dushmani biladi. Shuning uchun o’zi odil bo’lishga, yolg’on gapirmaslikka, birovga ozor bermaslikka intiladi. Shogirdsiz ustozni - mevasiz daraxt sanaydi. o’zi Umid Maxkamov kabi shogirdlari bilan faxrlanadi.o’zbekona madaniyatni qadrlaydi. "Odob - inson ziynati" deya e'tirof etib, bunda oila, ota-onani andoza hisoblaydi. Ayol kishi turmush qiyinchiliklariga qanchalik chidamli bo’lsa, shunchalik baxtli bo’lishiga ishonadi. Turmush o’rtog’i - To’lqin Yunusov ham pedagog, u bilan
hamisha hamfikr, hamqadam bo’lishga harakat qiladi.
- Hayotda tashvishsiz odam bo’lmaydi, - deydi Shoira. - Kimning tashvishi yo’q bo’lsa, maqsadi ham yo’q. Tashvishlar odamni faollikka, yashashga da'vat etib turadi. Bunda men birinchi galda maktab, bolalar, el-yurt tashvishini nazarda tutaman. Ana shu tashvishlar zamirida, baqrida insonga tasalli beruvchi halovat mujassamki, uni tushungan, hayot tajribasiga ega odamlargina his eta oladi...
Ha, Shoira Yunusova ana shunday tashvishlardan halovat izlab yashayotgan zamondoshlarimizdan biri. Xalq ta'limi a'lochisi, oliy toifali o’qituvchi - muallima havas qilsa arzigulik hayot yo’liga ega. Uning "Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi" respublika ko’rik-tanlovida 1-o’rinni egallashi ham tashvishlardan halovat topayotganligining o’ziga xos ifodasidir.
Maqola sanasi: