Gulnoraning odati shunday. Tong bilan barobar uyg’onadi. Subhidamning sarrin havosidan simirish, qushlarning navosidan bahramand bo’lish naqadar zavqli. Bugun ham shunday bo’ldi. Kechqurun uy yumushlarini saranjomlab, turmush o’rtog’i A'zamjonning kiyimlarini dazmolladi. Birrov og’iroyoq kelini Gulsaradan xabar olishni ham unutmadi. hamma shirin uyquga ketgandagina Gulnora ish stoliga o’tirdi. 5-sinfda rus tili va adabiyoti fani bo’yicha bo’ladigan imtihonga tayyorgarlik ko’rdi. Imtihon biletlarini, savollarni birma-bir ko’zdan kechirdi...
A'zamjon uyg’onganida derazalar ochiq, g’ir-g’ir esayotgan shabada yotoqxonaga gullar hidini olib kirardi. Devordagi soatning millari 6 ni ko’rsatib turardi. A'zamjon o’rnidan turib, tashqariga nazar tashladi. Gulnora o’z yumushlari bilan band. A'zamjon o’zicha "Ayol zotiga hayronsan, qachon yotib, qachon turib ketganini ham bilmaysan" deya g’udranib qo’ydi. Oradan bir soatlar chamasi vaqt o’tgach, oila dasturxon atrofida jamuljam bo’ldi. Nonushtadan so’ng hamma ishga otlandi. A'zamjon xususiy tadbirkor. o’g’li Sardor esa To’raqo’rg’onning Oqtoshidagi paxta tozalash korxonasida ishchi.
Gulnora kelini Gulsaraga kerakli maslahatlarni berib, o’zi ham maktabga, o’quvchilari bag’riga shoshildi. Gulsara hozircha uyda.
Gulnora yoshligidan o’qituvchilik kasbiga mehr qo’ydi. Buning boisi bor edi, albatta. Onasi Mustasiya opa Namangan shahridagi 20-umumta'lim maktabida yoshlarga rus tilidan saboq bergan. Mustasiya opaning bilimdonligi, hushmuomalaligidan shogirdlari uni juda hurmat qilishar, tug’ilgan kun, bayramlarda esa quchoq-quchoq gullar ko’tarib kelishardi. Onasi hozir qarilik gashtini surayapti.
O’rta maktabni a'lo baholarga bitirgan Gulnora g’ofurova 1980 yilda Namangan davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetiga o’qishga kiradi. Talabalik yillarida fanni chuqur o’zlashtirishga muvaffaq bo’ldi. Institutdagi ustozlaridan qodir Nosirov, Nadejda Kuznesova kabi o’qituvchilar uning bilimiga sayqal berishdi. 1980 yilda institutni muvaffaqiyatli tugatgach, Gulnora yo’llanma bilan Namangan shahridagi h-umumta'lim maktabiga ishga keldi. Bu yerda to’rt yil davomida o’quvchilarga rus tili va adabiyoti fanidan dars berdi. Uning tashkilotchiligi natijasida rus tili bo’yicha ko’rik-tanlovlar, konkurslar tashkil etildi. Eng asosiysi, shaharning aholi zich joylashgan hududidagi o’zbek bolalarida o’z faniga mehr-muhabbat uyqota oldi. 1989 yilda esa shahardagi
39-umumta'lim maktabiga ishga o’tkazildi. Bu yerda avvaliga ilmiy bo’lim mudiri vazifasida faoliyat ko’rsatdi. Ammo undagi yoshlarga bo’lgan muhabbat, o’qituvchilik kasbiga bo’lgan sadoqat sinfiga chorlayverdi. Shundan so’ng, iltimosiga ko’ra yana o’qituvchilikka o’tkazishdi.
Qahramonimizning 39-umumta'lim maktabida pedagogik faoliyatini boshlaganiga ham o’n yetti yil bo’ldi. Bu aytishgagina oson. o’tgan yillar mobaynida uning hayotida qanchadan-qancha voqealar bo’lib o’tdi. Undan ta'lim olgan shogirdlari oliy o’quv yurtlarini bitirib, turli korxona va tashkilotlarda
mehnat qilishayotir. Ish faoliyati davomida doimiy ravishda izlanadi, o’qib-o’rganadi. Lekin o’z ishidan hech qachon qoniqmagan. Bu esa inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri hisoblanadi.
Maktabda Gulnorani jonkuyar ustoz deyishadi. Bunday e'tiborga u osonlikcha erishgani yo’q. Rus tili va adabiyoti fani bo’yicha yangi adabiyotlarni sinchiklab kuzatadi, ilg’or tajribalardan mehnat faoliyati davomida keng foydalanadi. Shuning uchun ham Gulnora o’afurovaning har bir darsidan o’quvchilar olam-olam ma'no olishadi. U darsida ham o’quvchilarning xususiyatlariga qarab savollar, misollar tanlaydi. Ko’rgazmali qurollardan o’rinli foydalanadi. Uning rus tili va adabiyoti kabineti ham Namangan shahrida eng yaxshi jihozlangan, talablar darajasida deb topilgan. Gulnoraning tajribasini o’rganish uchun shahar maktablaridan yosh o’qituvchilar tez-tez kelib turishadi. Viloyat xalq ta'limi pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari ham uning darsini kuzatib, tajribasini o’rganishadi.
Ma'lumki, bu yildan boshlab o’qituvchilar o’rtasida har yili bo’ladigan "Yil o’qituvchisi" ko’rik-tanlovi yangi usulda o’tkazildi. Nomi ham o’zgacha - "Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi". Uning afzalligi shundaki, avvalgisida turli fan o’qituvchilari bir-birlari bilan bellashishsa, bu yil yangi boshlanganida har
bir fan o’qituvchilari o’zaro kuch sinashadi. Ularning bilimini aniqlaydigan hakamlar ham aynan shu fan mutaxassislari bo’lganligi uchun tanlovning nufuzi oshgan. Ana shunday tadbirning shahar bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan Gulnoraga viloyat bosqichida ham hech kim teng kelolmadi. Eng yuqori ball to’plagan Gulnora g’ofurova respublika bosqichida qatnashish yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
"Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi" ko’rik-tanlovining rus tili va adabiyoti fani bo’yicha musobaqalar Andijon shahridagi 31-maktabda nihoyasiga yetdi. Gulnora o’ziga notanish bo’lgan andijonlik 5- va 6-sinf o’quvchilari oldida o’zining naqadar bilimdon ekanligini isbotladi. U ko’rik-tanlov Nizomidagi
mavjud shartlarni barcha ishtirokchilardan a'loroq uddaladi. G.g’ofurova, ayniqsa noan'anaviy dars o’tishi, o’qituvchi yaratgan konsepsiya himoyasi, o’qituvchining kasbiy mahorati va boshqa shartlarni bajarishda yuqori natijaga erishdi. Gulnora o’ofurovaning jamqargan umumiy bali 84 ballni tashkil etib, ko’rik-tanlovning g’olibasi bo’ldi.
- Men bolalarni juda yaxshi ko’raman. Shuning uchun ham o’qituvchilik kasbini tanlab adashmagan ekanman, - deydi G.g’ofurova biz bilan suhbatda. - Oilamizni o’qituvchilar sulolasi deyishadi. Singlim Tamara Toshboeva o’zim bilan ishlaydi. U ham rus tili va adabiyoti fani o’qituvchisi. Ukam Temur Toshboev
Namangan shahridagi maktabgacha ta'lim muassasalaridan birida musiqadan, kelinimiz E'tiborxon Toshboeva esa onam ishlagan 20-umumta'lim maktabida matematika fanidan dars berishadi. Gulnora darsdan bo’sh paytlarida oilasi davrasida bo’lishni yoqtiradi. Tayyorlagan pishiriqlarining ta'mi yegan
kishining oqzida qolishi, shubhasiz. Ko’rkam dasturxon tuzab, turmush o’rtog’i A'zamjonning ishdan kelishini kutadi. Musiqa chalishni yoqtiradi. Ertangi kun dars konspektlarini tayyorlab bo’lgach fortepyanoga o’tirib, Betxoven, Chaykovskiy yoki Shopen asarlaridan birini miriqib ijro etganida charchoqlari ham o’z-o’zidan yozilib ketadi.
Biz Gulnora g’ofurova faoliyatining ayrim qirralariga to’xtalib o’tdik, xolos. Zero, uning bola tarbiyasidagi mehnati, ulkan rejalari haqida hali ko’p gapirishimiz mumkin. Bir so’z bilan aytganda Gulnora baxti bekam ayoldir.
Maqola sanasi: