Musiqa va san'at // O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
"Yurtim, senga jonim fido!"
konsert dasturlari va badiy-ijodiy uchrashuvlar
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligini keng nishonlash maqsadida hamda yurtimizda yaratilayotgan bunyodkorlik ishlariga minnatdorchilik ramzi sifatida xalqaro va respublika ko`rik-tanlovlar va festivallar g`oliblari ishtirokida "Yurtim senga jonim fido" nomli badiiy ijodiy uchrashuvlar va konsert dasturi o`tkaziladi. Konsert dasturlari Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O`zbekiston bastakorlar uyushmasi hamkorligida tashkil etiladi.
Konsert dasturlari shu yilning aprel-may oylarida Respublikamizning barcha hududlarida yangi qurilgan bolalar musiqa va san'at maktablarida bo`lib o`tadi. Konsert dasturlarida respublika va xalqaro musiqa tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnashib, g`oliblikni qo`lga kiritib kelayotgan yosh iste'dod egalari ishtirok etishadi Shuningdek, dastur davomida yoshlar uchun asarlar yozib kelayotgan bastakor va yozuvchilar, san'at arboblari bilan uchrashuvlar ham bo`lib o`tadi.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIPREZIDENTINING
QARORI
08.07.2008 y. N PQ-910
Bolalar musiqa va san`at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan davlat dasturi to`g`risida*
Unib-o`sib kelayotgan yosh avlodning iste'dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqalari, tasviriy san'atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo`lishi uchun zarur sharoitlar yaratish, boshlang`ich musiqiy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, bolalar musiqa va san'at maktablarini rivojlantirish hamda zamonaviy moddiy-texnik bazasini shakllantirish, ularni musiqiy madaniyat va san'at sohasidagi yuqori malakali pedagog kadrlar va mutaxassislar bilan ta'minlash maqsadida:
1. O`zbekistonRespublikasi Xalq ta'limivazirligi, Madaniyatva sport ishlari vazirligi, Moliyavazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklarining bolalar musiqa va san'at maktablarini, shuningdek, R. Glier nomidagi va V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseylarini O`zbekistonRespublikasi Xalq ta'limivazirligi ixtiyoriga o`tkazishto`g`risidagi taklifi qabul qilinsin.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limivazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:boshlang`ich musiqiy ta'limnitashkil etish va uningrivojlanishini ta'minlash, ushbu yo`nalishbo`yichamutaxassislar hamda pedagoglarning mahorati va malakadarajasini oshirish;bolalarmusiqa va san'at maktablarida ta'limtizimini takomillashtirish, o`sib kelayotgan yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularorasida iste'dodlarnihar tomonlama rivojlantirish, yoshlarningmilliy va jahonsan'atiningyuksak namunalaridan keng bahramand bo`lishiuchun zarur shart-sharoitlaryaratish;R. Glier nomidagi va V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseylarining moddiy-texnikhamda umumta'limo`quvbazasini rivojlantirish va mustahkamlashni, ularning samarali faoliyat ko`rsatishiuchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash.
R.Glier nomidagi va V.Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseylarining kasbiy yo`nalishigaoid faoliyatini o`quv-metodik jihatdan ta'minlashvazifasi O`zbekistondavlat konservatoriyasi zimmasiga yuklanishi belgilab qo`yilsin.
2. O`zbekistonRespublikasi Prezidentining 2008 yil 7 yanvardagi F-2908-sonlifarmoyishiga binoan tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnikbazasini mustahkamlash va ularningfaoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan, quyidagi masalalarni o`zichiga olgan Davlat dasturi (keyingio`rinlardaDavlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlansin:
2009-2014 yillarda bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnikbazasini mustahkamlash, ularningfaoliyatini yanada yaxshilash tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq;2009-2014 yillarda yangitdan quriladigan hamda kapital rekonstruksiya qilinadigan bolalar musiqa va san'at maktablarining asosiy parametrlari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq.
O`zbekiston Respublikasi "Davarxitektqurilish" qo`mitasiva Xalq ta'limivazirligi tomonidan bolalar musiqa ta'limisohasidagi mutaxassis va pedagoglarnijalb etgan holda, bolalarmusiqa va san'at maktablarining 1-tipiuchun 200 o`quvchiga va 2-tipiuchun 150 o`quvchiga mo`ljallanganikkita namunaviy loyiha ishlab chiqilgani ma'lumotuchun qabul qilinsin.
Bolalarmusiqa va san'at maktablarini kapital rekonstruksiya qilish O`zbekistonRespublikasi "Davarxitektqurilish" qo`mitasiva Xalq ta'limivazirligi tomonidan tasdiqlangan 1-va 2-tipdagi namunaviy loyihalarga qat'iymuvofiq ravishda amalga oshirilishi lozimligi belgilab qo`yilsin.
3. O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliyavazirligi, Xalqta'limivazirligi, Xalqta'limivazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari:ushbuqarorga binoan tasdiqlangan Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarbelgilangan muddatlarda samarali va sifatlibajarilishini ta'minlasin;har yili Investisiya dasturi loyihasini va qurilishlarning manzilliro`yxatlarinishakllantirishida bolalar musiqa va san'at maktablarining aniq soni va ro`yxatini ko`rsatganholda, ularningyangilarini qurish va kapitalrekonstruksiya qilish, zarurasboblar, uskunalarva inventarlar bilan jihozlash bo`yichaishlarni moliyalashtirish hajmlarini belgilasin;2009-2010 yillarga mo`ljallanganInvestisiya dasturi loyihasi va Davlatbyudjeti parametrlarini shakllantirishda R. Gliernomidagi va V. Uspenskiy nomidagi akademik liseylarni kengaytirish va rekonstruksiya qilishuchun zarur byudjet mablag`lari, shuningdek, ularningmoddiy-texnikbazasini mustahkamlash uchun mablag`larninazarda tutsin.
4. Bolalar musiqa va san'at maktablarini yangitdan qurish uchun maydonlarni tanlashda tasdiqlangan normativ va parametrlargamuvofiq ularning, qoidatariqasida, albattarespublika tuman va shaharlarining turar-joy massivlarida joylashtirilishi hisobga olinsin.
5. Quyidagilar belgilansin:bolalarmusiqa va san'at maktablarini qurish va kapitalrekonstruksiya qilish bo`yichabuyurtmachi vazifasi O`zbekistonRespublikasi Xalq ta'limivazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasiva uning joylardagi tuzilmalari zimmasiga yuklatiladi;mahalliyshart-sharoitlarnihisobga olgan holda tasdiqlangan namunaviy loyihalar va loyihagategishli qarorlardan har qanday chetga chiqishlarga faqat bosh loyiha instituti bilan kelishilgan va O`zbekiston Respublikasi "Davarxitektqurilish" qo`mitasitomonidan tasdiqlangan taqdirdagina yo`lqo`yiladi;yangitdan qurilgan hamda kapital rekonstruksiya qilingan bolalar musiqa va san'at maktablari ob'ektlarinifoydalanishga qabul qilish 4-ilovaga* muvofiq tarkibdagi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan sifat standartlari va namunaviyloyihalarga qat'iymuvofiq ravishda amalga oshiriladi;bolalarmusiqa va san'at maktablarining samarali foaliyat ko`rsatishi, ularning har tomonlama to`liqishlashini ta'minlashhamda malakali pedagog kadrlar bilan to`ldirishmas'uliyatiO`zbekistonRespublikasi Xalq ta'limivazirligi zimmasiga yuklatiladi.
6. Quyidagilar:moliyalashtirish manbalaridanqat'inazar, namunaviyloyihalarga asoslanmagan hamda tasdiqlangan qurilish normalari va standartlariga moskelmaydigan yangi bolalar musiqa va san'at maktablari qurish va ularnikapital rekonstruksiya qilish;yangitdanquriladigan va kapitalrekonstruksiya qilinadigan bolalar musiqa va san'at maktablarida tiklash ishlarini amalga oshirishda 2 va 3-ilovalarda ko`rsatilganparametrlarga qattiq rioya qilinsin va ularnibir toifadan boshqa toifaga o`tkazishqat'iyantaqiqlansin.
7. O`zbekiston Respublikasi "Davarxitektqurilish" qo`mitasiXalq ta'limivazirligi, Xalqta'limivazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasibilan birgalikda:bolalarmusiqa va san'at maktablarini qurish va kapitalrekonstruksiya qilish uchun tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo`yichaishlarni batamom tugatib topshirish sharti bilan tanlov pudrat tender savdolarini o`tkazisho`zvaqtida va aniqtashkil qilinishini ta'minlasin;buyurtmachi va pudratchio`rtasidagishartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan, jumladan, tasdiqlangan namunaviy loyihalarga, qurilishnormalari va qoidalarigamuvofiq bajarilgan loyiha va qurilishishlarining sifatiga qat'iyrioya etilishi ustidan qattiq monitoring o`rnatsin.
8. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limivazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi, "Davarxitektqurilish" qo`mitasi rahbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimlari zimmasiga:bolalarmusiqa va san'at maktablari ob'ektlariniqurish hamda kapital rekonstruksiya qilish manzilli dasturiga kiritilgan ob'ektlarbo`yichatanlov pudrat tender savdolari o`zvaqtida o`tkazilishi;bolalar musiqa va san'at maktablari ob'ektlaridagiqurilish-montajishlarini amalga oshirishda namunaviy loyihalarga, shuningdek, tasdiqlangan qurilish norma va qoidalarigaqat'iyrioya etilishi bo`yichashaxsiy mas'uliyatyuklansin.
9. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limivazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar vasavdo vazirligi, Iqtisodiyotvazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan bolalar musiqa va san'at maktablarini rivojlantirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilash, shujumladan, ularnijihozlash uchun imtiyozli shartlar asosidagi xorijiy kreditlar va grantlarnijalb etish borasidagi ishlarni faollashtirsin.
10. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi 2015 yilning 1 yanvariga qadar Davlat dasturi doirasida bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnikbazasini mustahkamlash uchun olib kelinadigan musiqa asboblari va maxsususkunalarga bojxona to`lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlardantashqari) to`lashdan ozod qilinsin.
11. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 7 yanvardagi F-2908-sonli farmoyishi asosida tuzilgan Respublika komissiyasiga O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan yangitdan quriladigan hamda kapital rekonstruksiya qilinadigan bolalar musiqa va san'at maktablarining har yili tasdiqlanadigan manzilli ro`yxatigatasdiqlangan umumiy parametrlar doirasida o`zgartirishlarkiritish huquqi berilsin.
12. Boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tegishli ravishda ko`paytirganholda:O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi markaziy apparatining tuzilmasida 7 kishidan iborat Musiqa va san'at ta'limi muassasalari boshqarmasi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Toshkent shahar Xalq ta'limi bosh boshqarmasi va viloyatlarxalq ta'limi boshqarmalarining tuzilmalarida bolalar musiqa va san'at maktablarini muvofiqlashtirish bo`yicha 2 kishidan iborat bo`linmalartashkil qilinsin.
13. Respublika komissiyasi (Sh.M.Mirziyoev): bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo`yicha 2009-2014 yillarga mo`ljallangan Davlat dasturining amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borsin; har yili yarim yil va kalendar yili yakunlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasining majlislarida tasdiqlangan Davlat dasturini amalga oshirish natijalarini muhokama qilib borsin.
14. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
"O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami", 2008 yil, 28-son, 267-modda.