2010-2011 o`quv yili uchun umumta'lim maktablarining 1-,2-,3-,8-,9-sinf o`quvchilariga
chop etilayotgan darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalar to`g`risida
MA`LUMOT
2010 yil 26 iyul holatiga
2010-2011 o`quv yilida umumta'lim maktablari uchun 474 nomda32 535 918 nusxa darsliklar vametodik-qo`llanmalarning chop etilishi rejalashtirilgan.
Shundan,
1-sinf o`quvchilari uchun 5 435 920 nusxa;
2-sinf o`quvchilari uchun 4 551 099 nusxa;
3-sinf o`quvchilari uchun 4 490 304 nusxa;
8-sinf o`quvchilari uchun 8 802 054 nusxa;
9-sinf o`quvchilari uchun 9 180 017 nusxa darsliklar va 76 524 nusxa o`quv-metodik qo`llanmalar.
Mazkur 474 nomdagi darsliklar va o`quv-metodik qo`llanmalardan 402 nomdagisi (29 149 402 nusxa) qayta nashr, 72 nomdagisi (3 386 516 nusxa) yangi nashr.
Hozirgi kunda nashriyotlar tomonidan imzolangan shartnomalar asosida 22 746 698 nusxa darsliklar chop etildi, mazkur kursatkich yillik nashr rejasiga nisbatan 69,9 foizni tashkil etadi.
Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o`quv dasturlari, darsliklar va o`quv qo`llanmalarini qayta ko`rib chiqish hamda yangilarini yaratish bo`yicha Hukumat komissiyasining 2010 yil 6 iyuldagi 07/1-356-sonli qaroriga asosan 8 va 9-sinf o`quvchilari uchun "Informatika va hisoblash texnikasi asoslari"darsliklari 2011-2012 o`quv yili nashr rejasiga kiritildi.
Joriy yilning 21 iyulida nashriyotlar o`rtasida Tender savdolari o`tkazilib, unda 8-sinf "Adabiyot" darsligi (qirg`iz va turkman tillarda) 2 nomda jami 2102 nusxa va "Geografiya" (tojik tilida) 1 nomda jami 9053 nusxa darsliklarga g`olib nashriyotlar aniqlandi.
Darsliklar va o`quv adabiyotlarning
yangi avlodini yaratish bo`limi boshlig`iZ.Davronova