Loyiha nomi : O`zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarini qurish va jihozlash
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi OPEK va Saudiya taraqqiyot jamg`armalari ishtirokida amalga oshirilayotgan "O`zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarini qurish va jihozlash" loyihasining amalga oshirish guruhi auditor kompaniyasi tanlovio`tkazilishini ma'lum qiladi.
Audit tekshiruviga bo`lgan talablar:
Audit tekshiruvi xalqaro audit standartlariga muvofiq o`tkazilishi hamda ushbu tekshiruv hisobotlari rus va ingliz tillarida taqdim etilishi lozim.
Auditorlarning malaka va ish uslubi OPEK va Saudiya taraqqiyot jamg`armalari talablariga javob berishi lozim.
Murojaatlar 2010 yil 10 iyun soat 16:00ga qadar quyida keltirilgan manzilga topshirilishi shart.
Ushbu muddatdan keyin topshirilgan murojaatlar inobatga olinmaydi.