Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Xalq ta’limi sohasidagi islohotlar poydevori” mavzusida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda joriy yilning 13 dekabrida korrupsiyaning kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish bo‘yicha davlat organlarining faoliyatida yuridik bo‘lim xodimlarining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish ustuvorligi va muhimligiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi va Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan o‘tkazildi. Ushbu seminarda xalq ta’limi tizimining barcha yuridik xizmat xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida umumiy o‘rta ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda yuridik xizmat xodimlarini o‘rni va roli ahamiyatliligi, umumta’lim maktablari faoliyatida korrupsiya holatlarini oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda yuridik xizmat xodimlarining rolini oshirish hamda xalq ta’limi tizimiga tegishli normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha masalalar ko‘tarildi va muhokama qilindi. 

Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomonidan o‘zaro bahs, munozara va savol-javoblar olib borildi. 

Tadbir yakunida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan ta’lim tizimidagi yuridik xizmat xodimlari orasida alohida o‘rnak ko‘rsatgan va jonkuyarlik ko‘rsatayotgan xodimlarga faxriy yorliq hamda sovg‘alar topshirildi.

Share to: