Televizion darslar namoyishi boʻyicha XTV axboroti

Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 30-mart kunidan boshlab uchta telekanalda televizion darslar namoyish etishni boshlaydi.

Uzdigital TV MCHJ abonentlari 1-4 sinflar uchun televizion darslarni National Geography Wild kanalida, 5-8 sinflar uchun Eurosport kanalida va 9-11 sinflari uchun esa “Oxota va rыbalka” kanalida tamosha qilishlari mumkin.

Kabel televideniye hamda IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar oʻrniga namoyish etilishi mumkin.

Shuningdek, videodarslar yer sunʼiy yoʻldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida oʻrnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qoʻshimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin.

Xalq taʼlimi vazirligi har hafta televizion darslar efir vaqti haqidagi maʼlumotlarni oʻzining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida eʼlon qilib boradi.

Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi videodarslarni internet tarmogʻida joylashtirib boriladi. Jumladan, videodarslar quyidagi manbalarda joylashtirib boriladi:

TASIX tarmogʻida

https://mover.uz/channel/uzeduuz/

TASIX tarmogʻidan tashqarida

https://youtube.com/c/O-zbekistonRespublikasiXalqtalimivazirligi

https://t.me/uzeduonlinemaktab

Share to: