Surxondaryoda yakka tartibda taʼlim oluvchi o‘quvchilar holidan xabar olindi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1992 yilda 3 dekabr «Xalqaro nogironlar kuni» deb eʼlon qilingan.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanida Xalq taʼlim vaziri oʼrinbosari Dilshod Kenjaev, Viloyat xalq taʼlim boshqarmasi boshligʼi Ilhom Saparov, tuman hokimi oʼrinbosari N.Аllanazarov, tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri B.Hakimov yakka tartibda taʼlim oluvchi oʼquvchilar xonadonida bo‘ldi.

Xususan, 2-umumtaʼlim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Faxriniso Muhiddinova, 33-umumtaʼlim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Quvonchbek O‘rinov, 3-umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Xusan Usmonov holidan xabar olinib, ularga kiyim-bosh, o‘quv qurollari, shirinliklar taqdim etildi.

Share to: