Maktablarda rus tili va adabiyoti fani oyligi munosabati bilan turli tadbirlar tashkil etildi

Noyabr – rus tili va adabiyoti fani oyligi munosabati bilan Toshkent viloyati umumta’lim maktablarining 5-8-sinflari o‘rtasida “Slagayem stixi” tanlovi, 9-11-sinflarda diktant, insho, ijodiy ishlar tanlovi hamda tadbirlar o‘tkazildi. 

Ochiq dars mashg‘uloti jarayonida yangi innovatsion usullardan foydalanib, o‘quvchilarning bilimini oshirish, ulardagi ko‘nikmalarni rivojlantirish, aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan vazifalar amalga oshirildi. Fan o‘qituvchilari tomonidan “Integrirovannыy urok russkogo yazыka i literaturы”, “Sistema kontrolnыx rabot na urokax russkogo yazыka” mavzularida seminar tashkil etildi. M.Yu.Lermontovning “Pesnya pro sarya Ivana Vasilevicha, molodogo oprichnika i udalogo kupsa Kalashnikova”, Ye.I.Charushinning “Tomka” mavzularida ochiq darslar o‘tildi, kuzatildi va tahlil qilindi. “Literaturnaya gostinaya” nomi ostida “V gostyax u Pushkina” tanlovi, devoriy gazetalar, rasmlar tanlovi o‘tkazildi. 

Fan oyligi natijalariga ko‘ra o‘tkazilgan ochiq darslar hamda tanlovlar yakunida Angren shahridagi 21-maktabning rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Zamira Nurmanova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Uning darslari Respublikada ommalashtirishga tavsiya etildi.

Share to: