“Qalbdan chiqqan bir ajib sado” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va tanlovlar oʻtkazib kelinmoqda. Xususan, Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasi joriy yilning 17-aprel sanasidan 17-may sanasiga qadar karantin davrida oʻquvchilar vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida “Qalbdan chiqqan bir ajib sado” shiori ostida onlayn kitobxonlik tanlovini oʻtkazdi.

Tanlov yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida sheʼriyat yoʻnalishida tashkil etildi. Unda oʻquvchilar oʻzlari yozgan yoki taniqli shoirlar sheʼrlarini ifodali oʻqib, videolavha tayyorladi. Oʻquvchilar tomonidan yuborilgan ijodiy ishlar telegramdagi “Yosh kitobxonlar” kanaliga (https://t.me/yoshkitobxonlar2020) qoʻyib borildi. Tanlovda 8000 nafarga yaqin oʻquvchi oʻz ijod namunalari bilan qatnashdi. Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan yuborilgan 5000 dan oshiq ishlar telegram kanaliga joylashtirildi.

Tanlov natijalariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoraoʻzak tumani, 28-maktabning 5-sinf oʻquvchisi Davletyor Abdirov tanlov gʻolibi deb topildi va 40 ta audiokitob hamda I darajali sertifikat bilan, 2-oʻrinni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, 37-maktabning 7-sinf oʻquvchisi Farangiz Oʻroqova egalladi hamda 20 ta audiokitob va II darajali sertifikat bilan, 3-oʻringa Navoiy viloyati, Nurota tumani, 6-maktabning 2-sinf oʻquvchisi Rayhona Raxmonqulova sazovor boʻldi hamda 15 ta audiokitob va III darajali sertifikat bilan taqdirlandi.

Share to: